“Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning suiste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, shuningdek, OITS ga qarshi kurashish”

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 6/18-4/1-3875-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning suiste’moli hamda  noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq xolatlarning oldini olish, shuningdek, OITS ga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati, ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi dotsenti Sh.Y. Beknazarov,  kafedra assistenti N. Hamroyeva,  Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish  boshqarmasi 5- son IIB  boshlig‘i podpolkovnik  K. X. Karimov, IIB boshliq o‘rinbosari podpolkovnik  G.R. Inoyatov, Yoshlar masalasi bo‘yicha katta inspektor mayor  A. A. Mansurov, Olmazor tumani Jinoyat qidiruv bo‘limi narkomaniya bo‘yicha katta tezkor vakili Y. Yusupaliyev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha  katta inspektor G.A.Taymuratova  hamda ichki ishlar xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirni akademik litsey direktori A. Shermuratov kirish so‘zi bilan ochar ekan, Jadidchilik harakati asoschisi, pedagog, olim Abdulla Avloniyning Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo halokat, yo saodat masalasidir- degan ibratli so‘zi bilan boshladi. -“Shunday ekan bugungi kun Yangi O‘zbekistonning yoshlari salbiy illatlardan yiroq, har tomonlama ilm-ma’rifat va kitobga oshno bo‘lgan yoshlardir. Bugungi barchamizning maqsadimiz yosh avlodni yot illatlardan ogoh qilishimiz hamda yuksak ma’naviy,  ma’rifiy salohiyat sohiblarini  ertangi kunga mas’ul ekanliklarini anglatmog‘imiz joiz”- deya ta’kidladi.

Tadbir keng ko‘lamli, munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilganlar mavzu yuzasidan boy taassurotga ega bo‘ldilar.

Tadbirni Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi dotsenti Sh.Y. Beknazarov davom ettirib, bugungi davrning eng yomon illatlaridan biri bo’lgan  giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar haqida qimmatli ma’lumotlar berib o’tdi.

       Bugungi kunda giyoxvandlik balosi chegara, o‘lchov va kiyos bilmaydigan bir xolatga keldi. Uning kasofatiga yer yuzida ko‘plab insonlar xayot bilan erta vidolashmokda, sog‘ligidan ajralmokda. Narkamaniya-(yunonchadan olingan bulib Narke-karaxtlik ;  Maniya- bangilik deb ataladi). Oilalar buzilib giyoxvandlik bilan boglik jinoyatlar soni ortib bormoqda. Xususan yoshlarga oldiniga shunchaki ko‘ngilxushlik, oddiy kizikish, bolalarcha ermak bilan shu-g‘ullanish “giyoxvanddan bir totib kuyish” keyinchalik unga batamom o‘rganish usiz turaolmaslik, uni topish uchun xar kanday jinoyatdan tap tortmaslik kabi ulkan jinoyatlarga olib bormokda. Mutaxassislarni fikricha odam giyoxvand moddalari asiriga aylangach o‘rta xisobda 5 yildan ortik umr ko‘ra olmas ekan. Biror mamlakat axolisining 7 % giyoxvand moddalar istemoliga o‘tgan bo‘lsa o‘sha mamlakatning kelajagi xalokat yokasida turishi aniklangan.     Giyohvand moddalarga o’rganib qolish to’rt bosqichda bo’lib o’tadi:

1-bosqich. 5-10 minutdan so‘ng boshlanadi. Xavotirlik paydo bulib, atrof muxit shubxali kurinadi. Bu boskich kiska bulib, 5-10 minut davom etadi.

2- bosqich. Eyforiya kuzatiladi, psixosensor buzilishlar o‘sib boradi va asta-sekin ongni  to karaxtlikkacha yoki namozshomsimon xolatgacha buzilishlari kuzatiladi. Ayrim simptomlarni paydo bulish ketma-ketligi va ifodalanganligi turli individlarda turlicha buladi, lekin shaxs kayta iste’mol kilsa ular unda doimiy buladi.

3- bosqich.  Bu boskich chalkashlik va lavxali vasvasa bilan boradigan psixotik xolatdir

4- bosqich. Bu boskich mastlikning tarkalish boskichidir. Kuchli ochlik va tashnalik bilan kechaetgan astenik xolat bilan namoyon buladi. Keyinchalik uzok (12 soatgacha), lekin bexalovat uyku kuzatiladi. Gashishni chekkanda intoksikatsiya yengil subpsixotik mastlik bilan cheklanadi.

Narkotikni vakti-vakti bilan iste’mol kilish bemorlarni uchdan bir kismida 1-3 oy mobaynida, yarimida 4-7 oy, kolganlarida esa 8 va undan ko‘prok oy kuzatilgan. Ko‘p bemorlarda (2/3) boshlangich boskichida gashish maslikni klinikasi xursandchilik xissi, zavklanish, baxtlilik, fikrlashda yengillik sezish, kuch –kuvvatga tulish, jinsiy ko‘zgalish, bemorlarning 1\4 kismida esa yokimli bosh aylanish, tinchlik xissi, bo‘shanglik, yokimli oG‘irlik xislari bilan tavsiflanadi.

Shunngdek Giyoxvand moddalarning zamonaviy tasnifi shakllantirilgan bo’lib quyidagicha tasniflanadi:

  1. Opiy va uning moddalari: morfin, geroin, kodein, omnopon, promedol, pantopon, medaton;
  2.  Xindiston yoki amerikali konoplya: marixuana, gashish, bang, anasha, xurus, gunya, cheres, kafur;
  3. Kokain: krek, estezi.
  4. Gallyusinogenlar: LSD, miskalin, psilotsebin, psixolotsin;
  5. Psixostimulyatorlar: kofein, fenamin, pervitin, sidnokarb, sendetrin
  6. Sedativ moddalar: seduksen, elenium, tazepam, relanium;
  7.  Barbituratlar: barbamil, nembutal, lyuminal, bromoral, nokseron;
  8.  Alkogol: arok, pivo, vino, konyak, viski, djin, samagon, braga;
  9. Tamaki;
  10. Korrektorlar: parkopan, siklodol, nakom;
  11. Maishiy kimyoning vositalari: laklar, kleylar

Insoniyat tarraqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib kolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir. Global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yo‘liqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etmoqda. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumadi. Shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu boisdan, giyohvandlikka qarshi qurashni kuchaytirish maqsadida BMT tomonidan “Narkotik moddalar to‘g‘risida”gi, “Psixotrop moddalar” hamda “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi qurash tug‘risida”gi konvensiyalar qabul qilinib, 1987 yil 7 dekabrdagi 47/112-sonli rezolyusiyasiga ko‘ra “26 iyun – Xalqaro narkotik moddalarini suiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan.

Dunyo bozorida tarqaladigan qora dorining asosiy qismi Afg‘onistonda yetishtirilib, uni noqonuniy yo‘l bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali G‘arbga yetkazishga bo‘lgan Urinish yildan-yilga kuchayib bormoqda. Shuning uchun yurtimizda narkotik moddalarni iste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash masalasiga davlat va millatning ertasini hal etuvchi ommilardan biri sifatida qarab kelinmoqda. Ushbu illatga qarshi kurashish maqsadida bir qator qonunlar va xalqaro shartnomalar qabul qilindi.

Jumladan, “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazini tashkil etish to‘g‘risida Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalari va Turkmaniston o‘rtasidagi bitimni (Ostona, 2006 yil 24 iyul) ratifikatsiya qilish haqida”,

“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinishi kelajagi sog‘lom yut qurish uchun qo‘yilgan eng dadil qadamdir.

So’nggi yillardagi statistiik ma’lumotlarga ko’ra, giyohvandlik qurbonlari:
AQSH-5.56mln, Rossiya-4.3mln, Fransiya-3.8mln, Yaponiya-3.7mln, Buyuk Britaniya-3.9mln, Avg’oniston-3.5mln, O’zbekiston-25856 kishini tashkil etmoqda.

-Alloh taolo barchalarimizning uzi buyurganiday halol va pok yashashimizni nasib etsin. Farzandlarimizni giyoxvandlik, kashandalik kabi zararli illatlar domiga tushib kolishidan asrasin- deb o’z nutqlarni ta’momladilar.

Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish  boshqarmasi 5- son IIB  boshlig‘i podpolkovnik  K. X. Karimov esa giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar va OITS ga qarshi kurashish choralari va buugungi kundagi uning natijalariga to’xtalib o’tdi

-Bugungi kunda BMT doirasida ushbu illatga qarshi Giyohvandlikni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro qo‘mita, Giyohvandlik vositalari bo‘yicha komissiya, BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi samarali faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan qoidalarini tan olgan holda, insoniyatni falokatga yetaklovchi og‘u giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

-Jumladan, O‘zbekiston narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash borasida mintaqaviy va xalqaro miqyosda yetakchi o‘rinlardan birini egallab turganligini alohida qayd etish kerak. O‘zbekiston giyohvand moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan guruhlarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish, kontrabanda yo‘llarini yopish, giyohvand moddalar ekilgan maydonlarni yo‘q qilish, shuningdek, giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha aniq maqsadli tadbirlarni o‘tkazishga katta e‘tibor qaratmoqda. Zero, jamiyat har tomonlama yetuk, sog‘lom va barkamol genofond asosidagina rivojlanadi, taraqqiy etadi. “Asr vabosi”ga aylanib ulgurgan giyohvandlik bugungi kunda dunyo miqyosida millionlab insonlarning umriga zomin bo‘layotganligi tashvishli holdir.

– Zotan, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi, mamlakatdagi kriminogen vaziyatga, jamiyatning iqtisodiy va ma‘naviy negiziga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi, ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi uning ijtimoiy xavfliligini yanada oshiradi.

Ayniqsa, mazkur giyohvandlik vositalaridan jabr ko‘ruvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganligi yanada achinarli holdir. BMT va boshqa xalqaro miqyosdagi nufuzli tashkilotlar chiqargan bir qator normativ hujjatlarda giyohvand vositalar bilan bog‘liq cheklovlarning davlat miqyosida amalga oshirilishi e‘tirof etilgan va bu talablar O‘zbekiston qonunchiligida ham o‘z aksini topgan. Umuman olganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha huquqiy islohotlarning bosh maqsadi inson va uning manfaatlarini har tomonlama ta‘minlashga qaratilganidadir. Giyohvandlik yoki bangilikning boshlanishi va kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak. Giyohvand moddalarga moyillik, unga o‘rganib qolishlikda shaxsning holatlari ahamiyatlikdir. Masalan, tajanglik, asabiy holatlari, o‘zini nazorat qila olmasligi, irodasizligi, o‘z talabini qondira olmaslik, ba‘zi hayotiy qiyinchiliklarga bardosh bera olmaslik. Yosh avlodni kelgusidagi jismoniy va ma‘naviy shakllanishi, asosan oiladagi muhit, ota-onasining kimligi, oilada qanday o‘rin egallashiga bog‘liq.

Tadbir qizg‘in baxs- munozalarga boy tarzda, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Yangi O‘zbekistonning yoshlari ertangi kunga nurafshon yo‘l va porloq istiqbol sari sobitqadamlikda olg‘a boradilar.

 

One Reply to ““Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning suiste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, shuningdek, OITS ga qarshi kurashish””

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan