Bosh sahifa

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI AKADEMIK LITSEYI

Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi O‘rta maxsus, kasb-ta’lim markazining 2006 yil 21 dekabrdagi 2001 – sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Akademik litsey umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qitish muddati 3 yil bo‘lgan o‘rta maxsus, kasb-hunar uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi va ”Ta’lim to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Hozirgi kunda 2017 o‘quv yilidan boshlab akademik litsey 2 yillik ta’lim tizimiga o‘tgan.

Akademik litseyda o‘qitish ikki yil muddat bilan, kunduzgi shakilda amalga oshiriladi. Akademik litsey Davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘rta maxsus ma’lumot beradi,  intensiv intelektual rivojlantirishni, soxa bo‘yicha puxta tabaqalashtirilgan o‘qitishni ta’minlaydi.

Akademik litseyda ta’lim yo‘nalishlari “Tabiiy fanlar -1”,  “Tabiiy fanlar -2”, «Ijtmoiy-gumanitar – 3» mavjud. Ularning o‘qish muddati 2 yil. Ya’ni umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan o’quvchilar yoshlar qabul qilinadi. Qabul qilish tartibi test sinovi shaklida bo’lib

“Tabiiy fanlar -1” yo’nalishi uchun:

1.Biologiya

2.Kimyo

“Tabiiy fanlar -2” yo’nalishi uchun:

1.Kimyo

2.Matematika

«Ijtimoiy-gumanitar – 3» yo’nalish uchun:

1.Biologiya

2.Ona tili va adabiyot

“Tabiiy fanlar 1” yo’nalishida biologiya kimyo; “Tabiiy fanlar 2” yo’nalishida kimyo, matematika;“Ijtimoiy-gumanitar” yo’nalishida biologiya va ona tili va adabiyot fanlari chuqur o‘rgatiladi.

2021-2022 o‘quv yilida akademik litseyda 420 nafar o‘quvchi taxsil oladi. Shundan 1-bosqich o‘quvchilari 208 nafarni, 2-bosqich o‘quvchilari 212 nafarni tashkil etadi.

1-bosqichda 8 ta guruh, 2-bosqich 9 ta guruh mavjud.

Tabiiy fanlar -1 yo‘nalishida 13 ta guruh

Tabiiy fanlar -2 yo‘nalishida 3 ta guruh

Ijtimoiy gumanitar fanlar yo‘nalishida 1 ta guruh mavjud.

Kadrlar salohiyati

2021-2022 o‘quv yili akademik litseyda jami 52 nafar pedagog o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadilar.

Shundan 39 nafari asosiy o‘qituvchilar bo‘lib:

– Bosh o‘qituvchi – 11– nafarni;

– Yetakchi o‘qituvchi – 7 – nafarni;

– Katta o‘qituvchi – 14-nafarni;

– Oliy ma’lumotli o‘qituvchi- 7 nafarni tashkil etadi.

Asosiy o‘qituvchilar shtatida 6 nafar fan nomzodlarini va 1 ta  akademik hamda professor, 2 ta dotsentlarni tashkil etadi.

Tashqi o‘rindosh  o‘qituvchilar 13 nafarni tashkil etadi.

Shundan:

– Bosh o‘qituvchi – 5– nafarni;

– Yetakchi o‘qituvchi – 1 – nafarni;

– Katta o‘qituvchi – 3-nafarni;

– Oliy ma’lumotli o‘qituvchi- 4 nafar.

Tashqi o‘rindosh o‘qituvchilar shtatida 3 nafar fan nomzodlarini va    1 ta dotsentlar faoliyat ko‘rsatadilar.

 

 

Ўзбекистон Республикаси Ҳукумат порталиЯгона интерактив давлат хизматлари порталиЎзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигиЎзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигиZiyoNET таълим порталиЎзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базасиКорпоратив харидлар савдо тизимиДавлат харидлари савдо тизими