Bizning yutuqlar

Gaibnazarov Sardorxon – Mustaqil davlatlar hamkorligida ta’lim muassasalari o‘rtasida yuridik shaxslar birlashmasi tomonidan tashkil etilgan «Bobek» Umummilliy harakati assotsiatsiyasi «Ikkinchi xalqaro kitob» loyihasida   » Eng yosh olim – 2020″ g‘olibi hisoblanadi.

Hasanova Parvina Bobur qizi – Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi Tabiiy-1 yo‘nalish, 2 bosqich o‘quvchisi Hasanova Parvina Bobur qizi Qozog‘iston Respublikasi Nur-sulton  shahrida o‘tkazilgan «MDH ning Eng Yosh olimi- 2021» xalqaro tanlovida 14 mamlakat ichida faol ishtirok etib faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining ta’lim muassasalari talabalarini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan texnika rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan yoshlarni aniqlab ularni munosib rag‘batlantirish hisoblanadi. Tanlov natijalariga ko‘ra Hasanova Parvina ilmiy ishlari, qo‘lga kiritgan yutuqlari va tanlov davomidagi saralash jarayonlarini hisobga olgan holda  II o‘ringa munosib deb topildi.

Fanga qo‘shgan hissasi uchun Hasanova Parvina Bobur qizi “MDH- 2021” yozuvi tushirilgan ko‘krak nishoni va II darajali Diplom bilan taqdirlandi.

Akademik litsey o‘quvchilari 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab chuqurlashtirilgan ta’lim dasurlari asosida o‘qitilmoqda va o‘quvchi yoshlarni fan olimpiadalaridagi ishtiroki kengaytirilmoqda. Akademik litseyning fan olimpiadalarida ishtirok etgan o‘quvchilardan I, II, III o‘rinlarni olgan o‘quvchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri shaxar bosqichiga o‘tadilar.

  • Matematika fanidan 3 nafar;
  • Biologiya fanidan 6 nafar;
  • Kimyo fanidan 6 nafar.

O‘quvchilar ustoz-shogird tizimi bo‘yicha malakaviy mutaxassislarga biriktirilgan.

TTA akademik litseyida yosh o‘qituvchilar ustoz-shogird tizimi bo‘yicha malakali mutaxassislarga biriktirilgan:

  • Matematika fa’ni bo‘yicha: A. Amanov – A. Sharopovga;
  • Informatika fa’ni boyicha: dotsent M. Bazarbaev – Z. Sayfullaevaga;
  • Biologiya fa’ni bo‘yicha : D.Babaxanova – T. Shodmonovga;
  • Kimyo fa’ni bo‘yicha: H. Rustamova – M. Murtazoqulovga;
  • Ingliz tili fa’ni bo‘yicha: Z.Abduvahobova – A. Parpievaga;
  • O‘zMU matematika fakulteti: dotsent F. Ibragimov – Ch. Djuraevaga;

Akademik litseyda har o‘quv yili uchun malaka oshirish rejalari ishlab chiqilgan. 2018, 2019, 2020 – yillarda 34 nafar rahbar va o‘qituvchilar malaka oshirish kursiga ta’limishi rejalashtirilgan bo‘lib undan 29 nafar rahbar va o‘qituvchilar ta’limgan. 2018 – yilda akademik litseydan 19 nafar o‘qituvchi malaka oshirilishi rejalashtirilgan.  2019 – yilda akademik litseydan 5 nafar o‘qituvchi malaka oshirish kursida ta’lim olishi rejalashtirilgan va barchasi o‘z muddatida malaka oshirish kurslarida ta’lim olgan. 2021 – yilda 15 nafar rahbar va o‘qituvchilarning malaka-toifasi oshirildi. Rejaga binoan 2022 – yil 5 nafar o‘qituvchilar malaka oshirilishi rejalashtirilgan.

«MDH ning Eng yaxshi pedagogi – 2021»

«MDH ning Eng Yosh olimi- 2021»