«MDH ning Eng yaxshi pedagogi – 2021»

Bugun butun akademik litseyi pedagog jamoasi va o’quvchi yoshlari uchun quvonchli kun chunki ustozimiz Dilbar Babaxanova Shamirzayevna  Qozog‘iston Respublikasining Nur-sulton shahrida o‘tkazilgan «MDH ning Eng yaxshi pedagogi – 2021» xalqaro tanlovi” da g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Akademik litseyimizda shunday pedagog hodim bilan birga ishlash biz uchun katta sharaf!

Dilbar Shamirzayevna Babaxanova – 1991 yilda Leningrad Davlat Universitetining  biologiya fakultetini  tamomlagan, mutaxassisligi biolog-genetik.  Hozirda biologiya fanidan  bosh  o‘qituvchi vazifasida ish olib boradi.  Qator  ilmiy-uslubiy maqolalari O‘zbekiston va MDH da  nashr qilinadigan ilmiy  jurnallarda chop qilingan.  D.Sh.Babaxanova   biologiya  fan olimpiadalariga  o‘quvchilarni tayyorlash sohasida keng ko‘lamda faol ish olib boradi. Uning rahbarligida   TTA  AL 3-bosqich talabalari G’oziyev N., Muhamedov I., Qodirova D. 2017-2018 o’quv yilida Qozon federal universiteti va Uzoq Sharq federal universiteti tomonidan o’tkazilgan fan olimpiadasi g’oliblari bo’ldilar. Fan olimpiadasining respublika bosqichida quyidagi o’quvchilar 2010 (Ziyovuddinov M. 1-o‘rin),  2012 (Abdukarimov Sh. 1-o‘rin), 2013 (Abrorxonov.A., 1-o‘rin), 2014 (Shamirzayeva D., 2-o‘rin), 2015 (Ikromova L., 1-o‘rin)  yillarda  g‘oliblikni qo‘lga kiritib,  TTAga imtiyozli ravishda talabalar safiga qabul qilinganlar; 2013 yilda 3-bosqich talabasi   K.Toshpo‘latova  biologiya fanidan Xalqaro  olimpiadada  ishtirok  etgan.  D.Babaxanova  2012 yilda   “O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. D.Sh.Babaxanova 2017 yilda O‘zbekiston  Oliy va o‘rta maxsus  kasb-hunar ta’limi  yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan tasdiqlangan akademik litseylar uchun biologiya fanidan Namunaviy   o‘quv dasturining hammuallifi hisoblanadi. 2017 yildan buyon biologiya  kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan