![]() |
Sodiqova Gulmira To`xtanazarovna |
|
Lavozimi: |
Kasaba uyushma qo’mitasi raisi | |
Qabul vaqti: |
Har kuni 9:00 – 16:00 |
Kasaba uyushmasi qo’mitasi o’z kasaba uyushma a’zolari uchun:
- millat, jinsi, yoshi va diniy etiqodidan qatiy nazar Kasaba uyushma azosining mehnat qilishi, ishni, kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitini yaratib berishi va ishsizlikdan himoya qilinishiga doir konstitusiyaviy huquqlariga rioya etilishiga;
- insonning manaviy va jismoniy kuch quvvatlarining tiklanish vositasi bo’lgan bo’sh ish vaqtni ko’paytirish va undan oqilona foydalanishga; mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofazalash qonunlari, qoidalari va meyorlariga rioya etilishiga;
- sog’lomlashtirish uchun baza yaratilishiga va zarur vositalar ajratilishiga; ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadlarida jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzilishiga, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
- davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash, Kasaba uyushma azolarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va manaviy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonun hamda boshqa meyoriy hujjatlar qabul qilinishiga, barqaror, hamjihatlik va fuqorolar totuvligini saqlab qolishga;
- mexnatga haq to’lashning ijtimoiy adolatli tizimni joriy etilishiga;
- ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga binoan Kasaba uyushma azolarining malakasini oshirishga va kasb jihatidan qayta tayyorlashga erishishga intiladilar.
Kasaba uyushma azolarining huquqlari va vazifalari:
- kasaba uyushmasiga a’zo bo’lish ixtiyoriydir. Kasaba uyushmasi Ustavini tan oluvchi va uning talablarini bajaruvchi, hamda a’zolik badallarini to’lab boruvchi xodim va talaba Kasaba uyushma a’zosi bo’la oladi;
- mehnat munosabatlariga oid masalalar yuzasidan, mulk shakllridan qatiy nazar davlat, sud va xo’jalik organlarida Kasaba uyushmasining huquqiy yordamini olish va uning himoyasida bo’lishi;
- kasaba uyushmalari organlariga saylash va saylanishi;
- kasaba uyushmalarining tadbirlarida ishtirok etish, o’z fikrini erkin bayon qilish, o’z faoliyatini va xulq-atvoriga taalluqli masala ko’rib chiqilayotgan majlislar, yig’ilishlar va konferensiyalarda shaxsan ishtirok etish;
- yuqori Kasaba uyushmasi qo’mitalariga murojat etish;
- kasaba uyushmalari sihatgohlari, sanatoriyalar, sanatoriy-profilaktoriylari, dam olish bazalari, bolalar sog’lomlashtirish lagerlariga davolanish va dam olish uchun imtiyozli tariflar bo’yicha yo’llanmalar olish.
Kasaba uyushma qo’mitasi kollej ma’muriyati bilan kelishilgan holda quyida keltirilgan qarorlarni qarab chiqadi, muhokama etadi va qabul qilishga rozi bo’ladi:
- Mehnat sharoitini, mehnat xavfsizligi va muhofazasini yaxshilash;
- Akademik lisey xodimlarining ish bilan band bo’lishi hamda ular uchun ijtimoiy imtiyozlarning kafolatlanishi;
- Ishchi-xodimlarni rag’batlantirish va mukofotlash;
- Akademik litsey vakolatlari doirasida ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi boshqa muammolar bo’yicha birgalikda kelishilgan qarorlar qabul qilish;
- Akademik litsey xodimlarga imtiyozli yo’llanmalar berilishini taminlash;
Akademik litseyda birlashgan kasaba uyushma qo’mitasi ishchi – xodimlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida quyidagi ishlarni nazorat qilib boradi:
- Ishchi – xodimlarning ijtimoiy himoyasi;
- Mehnat intizomi;
- Mehnat muxofazasi va mehnat sharoitlarini yaratish;
- Ishchi – xodimlarning ish haqi va ish haqidan ushlab qolinadigan daromad solig’i nazorat qilinishi;
- Ish haqi va avanslarni o’z vaqtida berib borish;
- Qishki – kuzgi mavsumga tayyorgarlik ko’rish;
- Jamoa shartnomasining choraklar bo’yicha bajarilishi;
- Ishchi – xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish;
- Ma’naviy va ma’rifiy islohotlarni chuqurlashtirish.