Moddiy texnik baza

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyining moddy texnik bazasi o’quvchilarning yetarli darajada bilim olishi uchun tashkillashtirilgan. Xususan, Akademik litseyning moddiy-texnik bazasini yaxshilash uchun  2020 – yil 24 – dekabrda Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 1 dona Web kamera, 1 dona G5420/H310/8GB/1TB ORGINAL/ case Avtech/Avtech 450w/ Monitor 19 Led+Pilot 1.5-38, 1 dona Web kamera, 1 dona G5420/H310/8GB/1TB ORGINAL/ case Avtech/Avtech 450w/ Monitor 19 Led+Pilot 1.5-39, 1 dona EPSON M1100-5, 1 dona EPSON M 1100-6 ko‘rinishida qabul qilingan.

Akademik litseyda 56 ta kompyuter mavjud, ularning barchasi ishchi holatda bo‘lib, ta’lim jarayonida foydalanib kelinmoqda. Shundan 28 tasi 2 ta kompyuter sinfida, 6 tasi kutubxona (ARM)da hamda 22 tasi o‘quv xonalarida. Ishchi holatdagi kompyuterlar to‘liq o‘quv jarayonida foydalanib kelinmoqda. 2021 – 2022 – o‘quv yilida Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 20 ta proektor, 17 ta kompyuter, 2 ta printer (3/1) va akademik litseyning o‘quv xonalarini 309 327 376 so‘mlik ta’mirlash ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 30 dona kompyuter jamlanmasi beg‘araz yordam sifatida berildi.

Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilgan. Akademik litseyda 5 dona videoproektor, 13 dona televizor, 2 dona noutbuk, 14 dona kodoskop mavjud bo‘lib, ushbu jihozlardan ta’lim jarayonida qo‘llanilib kelinmoqda. Fanlarni zamonaviy o‘qitish uslublaridan foydalanib o‘qitishda akademik litseydagi mavjud jihozlardan foydalanib kelinmoqda. Fanlar bo‘yicha animatsion, ko‘rgazmali taqdimot usullarda AKT dan foydalangan holda dars jarayonlarining tashkil etilishi 75 %ni tashkil etadi.

Akademik litseyda fizika, kimyo va biologiya fanlari uchun laboratoriya xonalari mavjud va jihozlangan (reaktiv moddalar bilan ta’minlangan), laboratoriya ishlari bajarilmoqda va metodik ko‘rsatmalar bilan  ta’minlangan. Umum ta’lim fanlari sifatida o‘qitiladigan guruhlar bo‘yicha fizika fanidan 12 ta, kimyo fanidan 21 ta, biologiya fanidan 20 ta laboratoriya ishlari belgilangan bo‘lib, fizika va kimyo laboratoriya ishlari uchun laboratoriya jihozlari yetarli va laboratoriya yo‘riqnomalari mavjud. Bajarilgan laboratoriya ishlari hisoboti o‘quvchilar tomonidan bajarilgan. Bajarilgan laboratoriya ishlari baholangan. Baholar o‘quvchilarning laboratoriya ish daftarlariga qo‘yilib, o‘quv mashg‘ulotlari jurnallariga qayd etilgan. Akademik litseyda mavjud o‘quv xonalari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan, ya’ni mavjud 24 ta o‘quv xonasidan 21 tasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan, bu 87,5 % ni tashkil etmoqda.

Akademik litseydagi 24 ta o‘quv xonalarining barchasi yetarlicha stol-stullar, doskalar, shkaflar, o‘qituvchi uchun stol va stul bilan to‘liq jihozlangan. 371 komplekt parta mavjud bo‘lib, barcha o‘quvchilar uchun yetarli. Barcha o‘quv xonalari fanlar xususiyatidan kelib chiqib, zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan. O‘quv xonalarida fanlarga taalluqli bo‘lgan stendlar, flestchart doska, ko‘rgazmali qurollar, figuralar, tarqatma materiallar mavjud.

Akademik litseyda 17 ta ma’muriy xonalar va bitta uslubiyat xonasi mavjud. 12 ta ma’muriy xonalar mebellar (stol-stul, shkaf, seyf, tumbochka) va texnik vositalar (kompyuter, printer, skaner, telefon, televizor, kalkulator) bilan to‘liq jihozlangan. Uslubiyat xonasida divan, kompyuter, vidoeproektor, ekran, konditsionerlar mavjud.