Aniq fanlar kafedrasi

 

Aniq fanlar kafedrasi

Aniq fanlar kafedrasida fizika, astronomiya, algebra, geometriya va informatika  kabi fanlar o‘qitilib kelinmoqda. Ushbu fanlar bo‘yicha kafedraning  7 nafar o‘qituvchisi o‘quvchilarga dars berib kelmoqda. Bulardan,  2 nafar dotsent, 1nafar bosh o‘qituvchi, 1 nafar yetakchi o‘qituvchi, 1 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.

Muminova Arofat Saidjaparovna   1998 yil Nizomiy nomidagi TDPU fizika fakultetini, 2000 yil Nizomiy nomidagi TDPU magistratura yunalishini tamomlagan. 2000 /2016 yillar davomida Nizomiy nomidagi TDPU fizika matematika fakulteti, Fizika va uni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi, 2016/2017 yillarda TAQI akademik litseyi fizika fani katta o‘qituvchisi, 2017/2019 yillarda TTPU akademik litsey fizika fani katta va yetakchi o‘qituvchisi, 2019 yildan beri TTA akademik litseyi yetakchi o‘qituvchi bulib ishlamoqda. O‘z mexnat faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar va bitta qo‘llanma yozgan. 2009/20017 yillar davomida O‘zteleradiokompaniyasining O‘zbekiston, Madaniyat va ma’rifat, Dunyo bo‘ylab telekanallari ko‘rsatuvlarida va O‘zbekiston, Yoshlik radiokanallari  eshittirishlarida mutaxassis sifatida ishtirok etgan.

 

Amanov Abduqodir Qaxxorovich 1979 yilda ToshDU ning amaliy matematika va mexanika fakultetini  Xisoblash matematikasi ixtisosligini tamomladi. 1990 yil O‘zFA matematika Institutida  nomzodlik dissertatsiyasi ximoya qilgan. 1993 yil dotsent unvoniga ega bo‘lgan. 100 dan ortiq ilmiy va ilmiy uslubiy ishlari va maqolalari, 30 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan.
Raximov G‘ayrat Maxkamovich  1971 yil ToshDU ning matematika fakultetini tamomlagan. 1977 yil nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. 1983 yil dekabr oyida dotsentlik unvonini oldi. O‘z mexnat faoliyati davomida 100 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.
Agzamov Mirfotix Xasanovich 1979 yilda ToshDU ning amaliy matematika va mexanika fakultetini  Xisoblash matematikasi ixtisosligini tamomladi. 1989/ 1990 yillarda Sietl Shaxridagi Vashington Universiteti matematika fakultetida stajirovka o‘tagan. 2017 yildan beri TTA akademik litsey matematika fani o‘qituvchisi bulib ishlab kelmoqda. Qator maqola va tezislar muallifi.
Sayfullayeva Zuxra Izzatillaevna  1992 yilda toshkent davlat Texnika Universiteti ASU yo‘nalishini tugatgan. 1992 yil 29 maktabda laborant. 1992/ 2001 yillar mobaynida 261 maktab matematika fani o‘qituvchisi. 2001/ 2005 ToshDavTI tibbiyot bilim yurti informatika fani o‘qituvchisi. 2005/ 2019 yillar Olmazor tibbiyot kolleji informatika fani o‘qituvchisi.  2019 /2020 133 maktab Oliy toifali informatika fani o‘qituvchisi. 2020 yil sentabr oyidan TTA akademik litseyi informatika va AT fani o‘qituvchisi bulib ishlab kelmoqda.
Abduqodirova Barno Yusuf qizi   2014 yilda Toshkent Axborot texnologiyalari Universitetining Informatika va Axborot texnologiyalari yo‘nalishini  tamomlagan.  2015/ 2018 yillar davomida Olmazor tibbiyot kollejida Informatika va Axborot texnologiyalari fani ukituvchisi bulib ishlagan. 2018 yildan xozirga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasi aksademik litseyida «informatika va axborot texnologiyalari» fani ukituvchisi bo‘lib ishlamokda. Qator ilmiy maqolalar muallifi.
Alimbayeva Dilorom Mehriddin qizi – 2018-yil Navoiy Davlat Pedagogika Institutining “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” yo‘nalishining bakalavr bosqichini tamomlagan. 2018-yil Buxoro viloyati Olot tumanidagi 31-ixtisoslashtirilgan maktab internatida fizika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2019-yil 3-sentabrdan boshlab TTA akademik litseyida fizika fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.Qator ilmiy-uslubiy maqolalari O‘zbekiston va MDH da nashr qilinadigan ilmiy jurnallarda chop qilingan.2016-yil “Fizika fani fidoiylari” , 2017-yil OTM lar uchun “Fizika fanidan laboratoriya ishlari” kitoblari chop etilgan.