Qisqacha tarixi

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi akademik litseyi

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi akademik litseyi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 14 avgustdagi 318-sonli “ Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining moddiy texnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 21 dekabrdagi 203-sonli buyrug‘iga binoan tashkil etilgan.

Akademik litsey quvvati 360 o‘rinli, umumiy maydoni 3.2 gektar, ekin ekiladigan maydoni 2.47 gektardan iborat bo‘lib, o‘quv binosida 25 o‘quv xonalari, jumladan, 2 ta kimyo, 1ta biologiya, 1ta fizika labaratoriyasi, 2ta kompyuter, 2ta lingafon, 320 o‘rinli majlislar zali, 5870dan ortiq kitob zahirasiga ega bo‘lgan Axborot resurs markazi mavjud.