«Zakovat» intellektual o‘yinining final bosqichi

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyida birinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Zakovat klubining «Everest» «Intellekt», «Konfident», «Daminantlar», «Liderlar» «Zukkolar» deb nomlangan guruhlarida ishtirok etuvchi yosh bilimdonlar mantiqiy, qiziqarli, munozarali savollar bilan o‘zaro bellashdilar.

21-04 guruh , «Zukkolar» jamoasining ilk g‘alaba lahzalari

Sardorlar bellashuvi shartlari muhokama jarayonida…

 

Turnirning mutloq g‘olibi birinchi bosqich 21-01 guruhining «Everest» jamoasi o‘z nomi bilan bilim cho‘qqilarini zabt etgan holda 1-darajali diplom va esdalik sovg‘alariga ega bo‘ldilar.

Intellektual o‘yinda tomoshabinlar orasida bir nechta savollarga to‘g‘ri javob bergan «Eng bilimdon yigit» nominatsiyasi g‘olibi 20-04 guruh o‘quvchisi Nazrullayev Ahmed

Zakovat intellektual o‘yinini akademik litsey o‘quvchi yoshlari ishtirokida mazmunli tarzda tashkillashtirgan ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Yosh olim, iste’dodli izlanuvchan hamkasbimiz Jaloliddin Yusupovga akademik litseyning o‘quvchi yoshlari, ustozlari, ma’muriyati nomidan minnatdorlik bildiramiz. Yangi O‘zbekistonning bugungi Yoshlari Ilm cho‘qqilarini zabt etishdan aslo charchamang!!!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan