Biologiya kafedrasi

BIOLOGIYA  KAFEDRASI

Biologiya kafedrasida botanika, zoologiya, anatomiya va fiziologiya, hujayra va rivojlanish biologiyasi, evolyutsion ta’limot, genetika va ekologiya kabi fanlar o’qitilib kelinmoqda. Ushbu fanlar bo`yicha kafedraning  6 nafar o`qituvchisi o`quvchilarga dars berib kelmoqda. Bulardan,  1 nafar dotsent, 3  nafar fan nomzodi, 4 nafar bosh o`qituvchi, 1 nafar katta o`qituvchi, 1 nafar oliy ma’lumotli o`qituvchi faoliyat olib bormoqda.

Dilbar Shamirzayevna Babaxanova – 1991 yilda Leningrad Davlat Universitetining  biologiya fakultetini  tamomlagan, mutaxassisligi biolog-genetik.  Hozirda biologiya fanidan  bosh  o‘qituvchi vazifasida ish olib boradi.  Qator  ilmiy-uslubiy maqolalari O‘zbekiston va MDH da  nashr qilinadigan ilmiy  jurnallarda chop qilingan.  D.Sh.Babaxanova   biologiya  fan olimpiadalariga  o‘quvchilarni tayyorlash sohasida keng ko‘lamda faol ish olib boradi. Uning rahbarligida   TTA  AL 3-bosqich talabalari G’oziyev N., Muhamedov I., Qodirova D. 2017-2018 o’quv yilida Qozon federal universiteti va Uzoq Sharq federal universiteti tomonidan o’tkazilgan fan olimpiadasi g’oliblari bo’ldilar. Fan olimpiadasining respublika bosqichida quyidagi o’quvchilar 2010 (Ziyovuddinov M. 1-o‘rin),  2012 (Abdukarimov Sh. 1-o‘rin), 2013 (Abrorxonov.A., 1-o‘rin), 2014 (Shamirzayeva D., 2-o‘rin), 2015 (Ikromova L., 1-o‘rin)  yillarda  g‘oliblikni qo‘lga kiritib,  TTAga imtiyozli ravishda talabalar safiga qabul qilinganlar; 2013 yilda 3-bosqich talabasi   K.Toshpo‘latova  biologiya fanidan Xalqaro  olimpiadada  ishtirok  etgan.  D.Babaxanova  2012 yilda   “O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. D.Sh.Babaxanova 2017 yilda O‘zbekiston  Oliy va o‘rta maxsus  kasb-hunar ta’limi  yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan tasdiqlangan akademik litseylar uchun biologiya fanidan Namunaviy   o‘quv dasturining hammuallifi hisoblanadi. 2017 yildan buyon biologiya  kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.

Ra’no Nurillayevna Babayeva – 1987 yilda  ToshDU (hozirda O‘zMU) biologiya-tuproqshunoslik fakultetini tamomlagan. Biologiya fanlari nomzodi. 2002 yilda “O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.  2012 yilda o‘rta- maxsus kasb hunar kollejlari va AL o‘quvchilari uchun   “Botanika”  va 2016 yilda   O‘rta- maxsus kasb hunar kollejlari va AL o‘quvchilari uchun   “Botanika va o‘simliklar  fiziologiyasi”  o‘quv qo‘llanmalari  muallifi. 1991-2015 yillarda 45 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalari O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Estoniyada chop qilingan.  2005 yil 2- sentabrdan buyon akademik litseyda biologiya o`qituvchisi  vazifasida ishlab kelmoqda.
Zoxid Vasikovich Malikov – 1971 yilda TDPI (hozirda TDPU) biologiya-kimyo fakultetini  tamomlagan,  biologiya fani  bosh o‘qituvchisi, biologiya fanlari nomzodi.  Mazkur  litseyda  2007 yildan boshlab  faoliyat olib boradi. “Umumiy ekologiyaning asosiy tushunchalari”, “Hujayra, rivojlanish va irsiyat biologiyasi”  , “O‘simliklar ekologiyasi va inson salomatligi”   , “Ekologiya asoslari”  o‘quv qo‘llanmalari va   AL o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan  “Odam  anatomiyasi va  fiziologiyasi” darsligi (hammualliflikda) nashr qilingan.  Z.V.Malikov 2016 yilda O‘zbekiston  Oliy va o‘rta maxsus  kasb-hunar ta’limi  yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan tasdiqlangan akademik litseylar uchun biologiya fanidan Namunaviy   o‘quv dasturining hammuallifi hisoblanadi.
Sanoat  Muxammadaminovna Nadjimova – 1991 ToshDU (hozirda O‘zMU) biologiya-tuproqshunoslik fakultetini bitirgan, mutaxassisligi biologiya-kimyo  o‘qituvchisi.  Hozirda biologiya fanidan  bosh  o‘qituvchi, pedagogika  fanlari  nomzodi.  2008 yilda “O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.       Abiturientlar uchun “Biologiya” qo‘llanmasi muallifi (2013), ta’lim texnologiyalari yo‘nalishida 20 ga yaqin maqolalari   Respublika jurnallari va Konferensiya materiallarida  chop etilgan.
  Abdulxaqova Gulnazira Vaxobjonovna -2010 yilda Namangan Davlat  Universitetining biologiya fakultetini bakalavr bosqichini tamomlagan. Qator  ilmiy-uslubiy maqolalari O‘zbekiston va MDH da  nashr qilinadigan ilmiy  jurnallarda chop qilingan.  2016 yildan boshlab  TTA  ALda  oliy ma’lumotli o‘qituvchi  lavozimida faoliyat yuritmoqda. G. Abdulxaqova  2017 yilda O‘zbekiston  Oliy va o‘rta maxsus  kasb-hunar ta’limi  yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan tasdiqlangan akademik litseylar uchun biologiya fanidan Namunaviy   o‘quv dasturining hammuallifi hisoblanadi. «Ekologiya asoslari» fanidan O‘quv uslubiy majmua ishlab chiqishda qatnashgani  va videodarsliklar to‘plami  tuzgani uchun   2016 yilda O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini  axborot metodik ta’minlash xizmatining guvohnomasi bilan taqdirlangan. 2017 yilda “Ekologiya asoslari”   o’quv qo’llanmasi (hammualliflikda) nashr qilingan.
Kodirov Davron Mamadiyorovich – 2006 yil Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti bakalavr bosqichi, 2008 yil magistratura bosqichini tamomlagan. 2003-2004 yillar A.Navoiy nomidagi Respublika nafis san’at litseyida tarbiyachi, 2006-2007- yillarda O’zR FA genetika va o’simliklar eksperimental biologiya institutida laborant, 2008-yil Oqoltin tumanidagi 10-o’rta maktabda biologiya o’qituvchisi, 2008-2011-yillarda Toshkent shahar “FIRDAVS-NAIM” MCHJda biologiya o’qituvchisi, 2015-2017- yillarda “INFO TEST” nodavlat ta’lim muassasasida biologiya o’qituvchisi, 2017-yil 19-avgustdan TTA  akademik litseyida to’garak rahbari lavozimida ishlagan. 2017-yil 10-oktyabrdan mart oyigacha xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida ishlagan. Hozirda biologiya kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.