TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI AKADEMIK LITSEYI
INGLIZ TILI KAFEDRASI 2021-2022 – O‘QUV YILI UCHUN
Ingliz tili kafedrasida ingliz tili fani boʻyicha 2021-2022 – oʻquv yilida 6 nafar oʻqituvchi dars berib kelmoqda.
Bulardan 1 nafari bosh oʻqituvchi 1 nafari yetakchi oʻqituvchi va 2 nafari oliy ma’lumotli oʻqituvchi.
Abduvaxabova Zulfiya Saxibjanovna
1997-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini Ingliz tili filologiyasi fakultetini tamomlagan, mutaxassisligi ingliz va xitoy tillari tarjimon-referenti. Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyida 2000-yildan ish boshlagan. Oxirgi marta 2017-yil fevral oyida malaka oshirgan va hozirgi kunda bosh oʻqituvchi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. Ingliz tili fani boʻyicha fan olimpiadalariga oʻquvchilarni tayyorlashda faol ish olib boradi.
|
 |
Fayziyeva Guzal Berdiqulovna
2003-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining ingliz tili fakultetini tamomlagan, mutaxassisligi ingliz tili fani oʻqituvchisi . Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyida 2016-yil 3-fevraldan ish boshlagan. 2021-yil oktyabr oyidan katta oʻqituvchi vazifasida ish olib bormoqda. Ingliz tili fani boʻyicha fan olimpiadalariga oʻquvchilarni tayyorlashda faol ish olib boradi. Joriy yilda 20-01-guruh rahbarligini olib bormoqda.
|
 |
Ibragimova Feruza Mirolimovna
2003 – yilda O’z’bekiston Davlat jahon tillari universiteti ingliz tili filologiyasi fakultetini tamomlagan, mutaxassisligi ingliz tili filologi. Oxirgi marta 2019 – yil fevral oyida malaka oshirgan va hozirgi kunda yetakchi o’qituvchi vazifasida faoliyat olib bormoqda. Ingliz tili fani bo’yicha fan olimpiadalariga o’quvchilarni tayyorlashda faol ish olib boradi. Joriy yilda 20-03 – guruh rahbarligini olib bormoqda.
|
 |
Urazova Gulrux Abduxoshimovna
2011-yilda O’zbekiston Davlat jahon tillari universitetining ingliz tili filologiyasi fakultetini tamomlagan, mutaxassisligi ingliz tili filologi . Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyida 2014-yil 1-fevraldan ish boshlagan. 2021-yil 3- noyabr sanadan katta oʻqituvchi vazifasida ish olib bormoqda. Ingliz tili fani boʻyicha fan olimpiadalariga oʻquvchilarni tayyorlashda faol ish olib boradi. Joriy yilda 20-05-guruh rahbarligini olib bormoqda.
|
 |
Pariyeva Adiba Ehsonboyevna
2015 – yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti chet tillari fakultetini tamomlagan, mutaxassisligi ingliz tili va adabiyoti fani o’qituvchisi. Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyda 2021 – yilning 6- sentyabridan ish faoliyatini boshlagan. Joriy yilda 21-02 – guruhi rahbarligini olib bormoqda.
|
 |
Tulyaganova Malika Abdumalik qizi
2019 – yilda Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universitetini Ingliz filologiyasi fakultetini tamomlagan, mutaxassisligi ingliz tili filologi. Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyida 2021-yil 6-sentyabr sanasidan ish boshlagan. Joriy yilda 21-08 guruh rahbarligini olib bormoqda
|
 |