Toshkent Tibbiyot Akademiyasi akademik litseyida
“Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, odam savdosi, korrupsiyani oldini olish’’ ga
qaratilgan profilaktik tadbir o’tkazildi.
Tadbirni akademik litseyning ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari N. Hakimova ochib berar ekan o‘z ma’ruzasida jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelinganligi, inson tinch va xotirjam yashashni xohlashi va tinchlik bo‘lgan joyda baraka va rivojlanish bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Shuningdek, mamlakatimizda: 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi maqsadlari aniq va ravshan bayon etilgan bo‘lib, 2017 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Bundan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish maqsadida Prezidentimizning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hozirgi kunda yurtimizda aholining asosiy qismini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Hammamizning oldimizda turgan eng muhim masala bu yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, chunki, yoshlar bizning kelajagimiz. Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston yoshlar o‘rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida hukumatimiz tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2016 yilga kelib “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bundan tashqari, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi, qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi.
Shundan so’ng Olmazor tumani VEBII SH. Do’siyorov – «Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurash e’lon qilganda, ayrimlar hayolida yana katta minbarda aytilgan umumiy gap, degan fikr paydo bo‘ldi, ayrimlar esa buni oxirgi ogohlantirish sifatida jiddiy qabul qilmadi. Lekin oxirgi yil natijalari, korrupsiyaga qarshi e’lon qilingan kurash — Yangi O‘zbekiston — ochiq O‘zbekiston amaliyotiga to‘liq mos kelishini ko‘rsatdi. Davlat tashkilotlari hamda tadbirkorlikning barcha bo‘g‘inlarida korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borilayotganligi namoyon etildi. «Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatining asoslari to‘g‘risida» gi qonun loyihasi e’lon qilindi. Qonunning maqsadi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Normativ – huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatining asoslari to‘g‘risida” gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
-huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish, muhokama qilish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
-huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish;jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish;
-voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
-voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish;ijtimoiy vaziyati og‘ir bo‘lgan shaxs va oilalarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish;
-voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir qilishga jalb etish hollarini aniqlash va ularga barham berish;
-huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining o‘zaro hamkorligini ta’minlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
-qonuniylik;
-insonparvarlik;
-tizimlilik;
-ishontirish usulining ustuvorligi;
-ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlarini farqlash va yakka tartibdagi yondashish.
Huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari quyidagilardan iborat:
-huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi;
-huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi;
-huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi;
-huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi haqida so‘z bordi.
Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlar, xususan, litseyimiz o’quvchilari o’rtasida jinoyatchilik va qonunbuzarlikka yo’l qo’ymaslik. Shuningdek, ularga tegishli tushunchalar berish, keyingi hayot yo’lida to’g’ri yo’lni tanlashlariga yordam berishdir!