Toshkent Tibbiyot Akademiyasi akademik litseyi o’quvchilari O’zbekiston Resublikasi Prezidentining
PQ-4910 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida »Abror Hidoyatov» nomli drama teatrining
“ Girdob” spektakli tamoshasiga tashrif buyurdilar.
Spektakl keng qamrovli bugungi kun yoshlarini ogohlikka chaqiradi. Birgina ota-onaning qaltis xatosi asar bosh qahramoni Nurpo‘latni giyohvandlik botqog‘iga uloqtiradi. Asar chin ma’noda ogohlik chorlovi sifatida o‘quvchi yoshlarda katta taassurot uyg‘otdi. Bugungi kunning oliy maqsadi ilm olish ekanligini angladilar.
TASHKIL ETILGAN TADBIRDAN FOTOLAVHALAR