Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi Tabiiy l yo‘nalish, II bosqich o‘quvchisi Hasanova Parvina Bobur qizi Qozog‘iston Respublikasi Nur-sulton shahrida o‘tkazilgan «MDH ning Eng Yosh olimi- 2021» xalqaro tanlovida 14 mamlakat ichida faol ishtirok etib faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining ta’lim muassasalari talabalarini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan texnika rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan yoshlarni aniqlab ularni munosib rag‘batlantirish hisoblanadi.
Tanlov natijalariga ko‘ra Hasanova Parvina ilmiy ishlari, qo‘lga kiritgan yutuqlari va tanlov davomidagi saralash jarayonlarini hisobga olgan holda I o‘ringa munosib deb topildi.
Fanga qo‘shgan hissasi uchun Hasanova Parvina Bobur qizi » MDH- 2021 yozuvi tushirilgan ko‘krak nishoni va I darajali Diplom bilan taqdirlandi.