Akademik litseyimiz fidoiylari

Amanov Abduqodir Qaxxorovich – 1979-yilda ToshDU(hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti)ning amaliy matematika va mexanika fakultetini  Hisoblash matematikasi ixtisosligini tamomladi. Ish faoliyatini 1979 – yilda  O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matematika instituti kichik ilmiy hodimi sifatida boshlagan. 1986 – 1987 – yillarda esa O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Energetika va Avtomatika instituti kichik ilmiy hodim, 1987 – 1989 – yillarda  Toshkent politexnika instituti oliy matematika kafedrasi assistenti, 1990 – 1991 – yillarda Toshkent politexnika instituti oliy matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1991 – 1996 – yillarda Toshkent arxitektura qurilish instituti oliy matematika kafedra katta o‘qituvchisi, dotsenti, 1996 – 2010 –  yillarda Toshkent arxitektura qurilish instituti qoshidagi akademik litsey direktor muovini, direktori, 2010 – 2016 – yillarda Toshkent arxitektura qurilish instituti qoshidagi akademik litsey matematika fani bosh o‘qituvchisi va 2016 – yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi matematika fani bosh o‘qituvchisi bo’lib faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy faoliyatiga nazar tashlaydigan bo’lsak,  1990 – yil O‘zFA matematika Institutida  nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilgan. 1993 – yil dotsent unvoniga ega bo‘lgan. 100 dan ortiq ilmiy va ilmiy uslubiy ishlari va maqolalari, 30 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan. Ustozning avvalgi yillarda algebra, matematika, geometriyaga oid ko’plab akademik litseylar va umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari uchun mo’ljallangan darslik va o’quv qo’llanmalari nashr etildi.

 

Shuningdek, Amanov Abduqodir Qaxxorovich O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23- noyabrdagi «500» -sonli buyrug’iga asosan  Tabiiy fanlar yo’nalishidagi akademik litseylar uchun yaratilgan «Algebra»(rus) darsligining birinchi va ikkinchi qismi hammuallifi hisoblanadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan