Bugun, 9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
Alisher Navoiy milodiy 1441-yilning 9-fevral, hijriy 844-yilning 14-ramazonda o‘sha paytdagi Temuriylar poytaxti va ilmiy markazi Hirotda tug‘ilgan.
11 yoshida Sabzavorda Husayn Boyqaro bilan tanishadi. 16 yoshda Mashhadga borib o‘qiydi. Otasi Gʻiyosiddin Kichkina Bahodir vafotidan keyin Samarqandga keladi va ikki yil Abu Lays Samarqandiydan dars oladi. 28 yoshda Hirotga qaytgan Navoiy sulton Husayn Boyqaro xizmatiga kiradi va muhrdor lavozimiga tayinlanadi. Navoiy 31 yoshda devonbegi lavozimiga tayinlangan.
Navoiy 37 yoshda Abdurahmon Jomiy tavsiyasi bilan Naqshbandiya tariqatiga kiradi. Hijriy 906-yil, milodiy 1500-1501-yillarda Hirotda vafot etadi. Qabri bugungi Afg‘onistonning Hirot shahridadir.
Navoiydan bizga 30 dan ortiq asarlar meros sifatida qolgan:
Devonlar:
«Ilk devon»;
«Badoy ul-bidoya»;
«Navodir un-nihoya»;
«Xazoyin ul-maoniy»; u to‘rt devondan iborat: «Gʻaroyib us-sig‘ar», «Navodir ush-shabob», «Badoy ul-vasat», «Favoyid ul-kibar»;
«Devoni Foniy» (forscha).
Masnaviylar:
«Hayrat ul-abror»;
«Farhod va Shirin»;
«Layli va Majnun»;
«Sab’ai Sayyor»;
«Saddi Iskandariy»;
«Lison ut-tayr».
Tazkiralar:
«Nasoyim ul-muhabbat»;
«Majolis un-nafois».
Tarjima va xotira asarlari:
«Holoti Sayyid Hasan Ardasher»;
«Holoti Pahlavon Mahmud»;
«Xamsat ul-mutaxayyirin».
Diniy-axloqiy asarlari:
«Arbain» (Qirq hadis);
«Siroj ul-muslimin»;
«Munojot».
Tarixiy asarlari:
«Tarixi anbiyo va hukamo»;
«Tarixi muluki ajam».
Til va adabiyotga oid asarlari:
«Mufradot»;
«Mezon ul-avzon»;
«Muhokamatul lug‘atayn».
Boshqa asarlari:
«Munshaot»;
«Vaqfiya»;
«Nazm ul-javohir»;
«Mahbub ul-qulub»