«Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyining 20-06; 20-08; 21-02; 21-06 guruh o‘quvchilari va ustozlari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universitetiga tashrif buyurdilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tashrif chog‘ida harbiy bo‘linmalarning amaliyot mashg‘ulotlari hamda  qurol yarog‘, harbiy texnika vositalarining amaliy mashg‘ulot jarayonlariga guvoh bo‘ldilar.

Harbiy mashg‘ulotlar, katta konsert dasturi , askarlarning jang mashg‘ulotlari, harbiy orkestr sadolari barcha yig‘ilganlarda, o‘quvchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Jarayonda mas’uliyat bilan ishtirok etgan Ustozlar D. Ubaydullayev, I. Zokirov, A. Parpiyevalarga akademik litsey ma’muriyati nomidan minnatdorlik bildiramiz. Yosh o‘qituvchilarimizga ustozlardan o‘rnak olishlarini tavsiya qilamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan