«24-oktyabr O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni!»

Bugun 24 oktyabr kuni O‘zbekistonda mahalliy vaqt bilan soat 8:00da Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi(699-saylov uchastkasi)da prezident saylovlarida ovoz berish uchun o‘z ishini boshladi va soat 20gacha faoliyat yuritdi. Davlat rahbari lavozimiga 5 nomzod, jumladan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev da’vogarlik qilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda tashkil etilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar ro‘yxatiga jami 19 million 859 ming 127 nafar saylovchi kiritilgan. 37 ta xorijiy davlatda tuzilgan 54 ta saylov uchastkasida 299 ming 780 nafar saylovchi ovoz berishi mumkin bo‘ladi.

Prezident lavozimi uchun 5 nomzod kurash olib bormoqda:

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova,

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Qodirov,

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov  

Ekologik” partiyadan Narzullo Oblomurodov.

Saylovlar borishini 900 dan ko‘proq xalqaro kuzatuvchi, xalqaro tashkilotlar, jumladan, MDH, ShHT, YeXHT, YuNeSKO, Islom hamkorlik tashkiloti va xorijiy davlatlarning vakillari kuzatib boradi. Shuningdek, okrug saylov komissiyalari tomonidan 5 ta siyosiy partiyaning 53 mingdan ko‘proq vakiliga kuzatuvchilar vakolati berilgan. Saylovlar borishini mahalliy va xorijiy OAVlarning 1670 ga yaqin vakili yoritadi.

699-saylov uchastkasiga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakili ham tashrif buyurdi.

 

 

 

 

 

 

 

Saylovlarning dastlabki natijalarini 25 oktyabrda e’lon qilish rejalashtirilgan. Saylovlar bo‘lib o‘tgan deb tan olinishi uchun ularda ovoz beruvchilarning kamida 33 foizi ishtirok etishi kerak.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 207 ta saylov uchastkasida ovoz berish ortidan kuzatish uchun videokuzatuv tizimi joriy qilingan. Ushbu uchastkalardagi ovoz berish jarayoni Markaziy saylov komissiyasi portalida, komissiya matbuot markazi va binosidagi katta monitorda namoyish qilinadi.

Agar nomzodlardan birortasi 50 foizdan ko‘proq ovoz yig‘a olmasa, saylovlarning 2-bosqichi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Unda 1-bosqichda eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod kurashni davom ettiradi.

O‘zbekistonda prezident saylovlari har 5 yilda o‘tkaziladi. 2016 yilda o‘tkazilgan oxirgi prezident saylovlarida Shavkat Mirziyoyev 88 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan