Vatan himoyachilariga tabrik!

Qadrli yurtimiz posbonlari, akademik litseyning qadrli ustozlari, mard yigitlari!

Barchangizni 14 – yanvar Vatan himoyachilari kuni, Qurolli kuchlarimizning 30 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Yurtning ravnaqi, rivoji mard erkaklarning jamiyatdagi mavqeyi, g‘ururi orqali namoyon bo‘ladi. Har bir xonadon ustuni erkakdir.

Vatanimiz ravnaqi, musaffo osmon sofligi, bugungi tinch kunlarimiz kecha-yu kunduz o‘z xizmat burchini bedor o‘tayotgan vatan posbonlarimiz matonatidandir.  Siz, hurmatli harbiy xizmatchilarga – askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylariga Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishdek sharafli vazifani ado etishda mustahkam sogʻlik, ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-gʻayrat, oilalaringizga esa yangi  –  2022-yilda fayz-baraka va baxt-saodat yor boʻlishini tilayman.

Bugungi bayram barchangizga muborak bo‘lsin!

 

Ijrochi direktori     A.Shermuratov.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan