Aniq fanlar kafedrasi

 

Aniq fanlar kafedrasi

Aniq fanlar kafedrasida fizika, astronomiya, algebra, geometriya va informatika  kabi fanlar o‘qitilib kelinmoqda. Ushbu fanlar bo‘yicha kafedraning  7 nafar o‘qituvchisi o‘quvchilarga dars berib kelmoqda. Bulardan,  2 nafar dotsent, 1nafar bosh o‘qituvchi, 1 nafar yetakchi o‘qituvchi, 2 nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.

Muminova Arofat Saidjaparovna  – 1998 – yil Nizomiy nomidagi TDPU fizika fakultetini, 2000 – yil Nizomiy nomidagi TDPU magistratura yo’nalishini tamomlagan. 2000 /2016 – yillar davomida Nizomiy nomidagi TDPU, fizika matematika fakulteti, Fizika va uni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi, 2016/2017 – yillarda TAQI akademik litseyi fizika fani katta o‘qituvchisi, 2017/2019 – yillarda TTPU akademik litsey fizika fani katta va yetakchi o‘qituvchisi, 2019 yildan beri TTA akademik litseyida yetakchi o‘qituvchi bo’lib ishlamoqda. O‘z mehnat faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar va bitta qo‘llanma yozgan. 2009/2017 – yillar davomida O‘zteleradiokompaniyasining O‘zbekiston, Madaniyat va ma’rifat, Dunyo bo‘ylab telekanallari ko‘rsatuvlarida va O‘zbekiston, Yoshlik radiokanallari  eshittirishlarida mutaxassis sifatida ishtirok etgan.

 

Amanov Abduqodir Qaxxorovich – 1979 – yilda ToshDU ning amaliy matematika va mexanika fakultetini  Hisoblash matematikasi ixtisosligini tamomladi. 1990 – yil O‘zFA matematika Institutida  nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1993 – yil dotsent unvoniga ega bo‘lgan. 100 dan ortiq ilmiy va ilmiy uslubiy ishlari va maqolalari, 30 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan.
Raximov G‘ayrat Maxkamovich  – 1971 – yil ToshDU ning matematika fakultetini tamomlagan. 1977 – yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1983 – yil dekabr oyida dotsentlik unvonini oldi. O‘z mehnat faoliyati davomida 100 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.
Agzamov Mirfotix Xasanovich – 1979 – yilda ToshDU ning amaliy matematika va mexanika fakultetini  Hisoblash matematikasi ixtisosligini tamomladi. 1989/ 1990 – yillarda Sietl shahridagi Vashington Universiteti matematika fakultetida stajirovka o‘tagan. 2018 – yildan beri TTA akademik litsey matematika fani o‘qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqda. Qator maqola va tezislar muallifi. 2021 – yildan beri katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Sayfullayeva Zuxra Izzatillaevna  – 1992 – yilda Toshkent davlat texnika universiteti ASU yo‘nalishini tugatgan. 1992 – yil 29 – maktabda laborant. 1992/ 2001 – yillar mobaynida 261 – maktab matematika fani o‘qituvchisi. 2001/ 2005 ToshDavTI tibbiyot bilim yurti informatika fani o‘qituvchisi. 2005/ 2019 – yillar Olmazor tibbiyot kolleji informatika fani o‘qituvchisi.  2019 /2020 – yil 133 – maktab Oliy toifali informatika fani o‘qituvchisi. 2020 – yil sentabr oyidan TTA akademik litseyida informatika va AT fani bosh o‘qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqda. Bir nechta uslubiy qo’llanma va maqolalar muallifi.
Bekturayev Ilhom Abdunabiyevich – 2021 – yil Al- Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injineringi muxandisligi yo’nalishi bo’yicha tugatgan. 2021 – yil – sentabrdan hozirgi vaqtgacha Toshkent Tibbiyot Akademiyasi akademik litseyi Informatika va axborot texnologiyalari fa’ni o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda
Djurayeva Charos Gulmuratovna – 2008 – yilda O’zMU ning matematika fakultetini tamomlagan. 2021 – yildan boshlab TTA akademik litseyida matematika fanidan dars berib kelmoqda. Bir nechta uslubiy qo’llanma va maqolalar muallifi.