Tillar kafedrasi

TILLAR KAFEDRASI

Tillar kafedrasida 4 ta asosiy, 5 ta o’rindosh o’qituvchilar faoliyat olib boradi. Shundan 1 nafar fan nomzodi,

2 nafar bosh o’qituvchi, 3 nafar yetakchi, 3 nafar katta o’qituvchidir.

 

Ismoilova Dilnoza Shavkatovna

1985 – yil Xorazm viloyati Xiva tumanida tug`ilgan. 2007 – yil Urganch davlat universitetining Filologiya fakultetini tamomlagan.

Filolog, Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi. 2015 – yildan akademik litseyda ish faoliyatini boshlagan. 2018 – yilda malaka oshirgan. 2021 – yil 3-noyabrda yetakchi o’qituvchi lavozimi berilgan. Akademik litseyda ona tili va adabiyot fanidan o’quvchilarni fan olimpiyadalari va oliy ta’lim muassasalariga tayyorlashda o’zining munosib hissasini qo’shib kelmoqda. Joriy yilda 20 – 02 – guruh rahbarligini olib bormoqda.

Tillar kafedrasi mudiri

Sodiqova Gulmira To`xtanazarovna

1979 – yil Farg`ona viloyatida tug`ilgan. 2001 – yil Qo`qon davlat pedagogika universitetini Filologiya fakultetini tugatgan. Akademik litseyda 2018 – yildan buyon faoliyat olib boradi. 2019 – yilda malaka oshirgan. «Drama» to’ garagi rahbari. Akademik litseyda tashkillashtiriladigan Navoiyxonlik, g’azalxonlik kechalarida faol ishtirok etadi. Joriy yilda 20 – 03 – guruhga rahbarlik qilib kelmoqda.

Filolog, Ona tili va adabiyot fani  yetakchi o`qituvchisi

Yuldasheva Munisa Nasritdinovna

1986 – yil Samarqand viloyatida tug`ilgan. 2017 – yil Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Rus tili fakultetini tamomlagan. 2019- yildan akademik litseyda faoliyat boshlagan. 2020 – yilda malaka oshirgan. 2021 – yil 3 – noyabrda katta o’qituvchi lavozimi berilgan. Kafedraning oliy ta’lim muassasalari  bilan hamkorlik ishlariga mas’ ul. Joriy yilda 21 – 07 – guruhga rahbarlik qilib kelmoqda

Rus tili  fani katta o`qituvchisi

Xolyigitova Barno Zulhaydarovna

1970 – yil Sirdaryo viloyatida tug`ilgan. 1992 – yil O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Rus tili (milliy maktablarda) fakultetini tamomlagan. 2018 – yildan akademik litseyda faoliyat boshlagan. 2020 – yil malaka oshirgan. 2021 – yil 3 – noyabrda yetakchi o’ qituvchi lavozimi berilgan.

Rus tili  fani yetakchi o`qituvchisi

Izatova Madina Musayevna 

1984 – yil Toshkent shahrida tug`ilgan. 2006 – yil Toshkent davlat pedagogika universitetining

Rus filologiyasi fakultetini tugatgan.

Rus tili va adabiyoti fani katta o`qituvchisi (tashqi o`rindosh)

Gorst Nelli Sergeyevna

1967 – yil Toshkent shahrida tug’ilgan. 1993 – yil Toshkent davlat pedagogika institetining

Rus filologiyasi fakultetini tugatgan.

Rus tili va adabiyoti fani bosh o’qituvchisi(tashqi o`rindosh)

Rasulova Sayyora Abdullayevna

1984 – yil Jizzax viloyatida tug`ilgan. 2011 – yil Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Filologiya fakulteti magistraturasini tamomlagan.

Filolog, Ona tili va adabiyoti fani katta o`qituvchisi (ichki o`rindosh)