“ Besh tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida” shiori ostida O‘zbekiston Xalq shoiri
Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kecha
Akademik litsey direktori A. Shermuratov o’zbek xalqining buyuk shoiri haqida:
– Muhammad Yusuf – shoir, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Muhammad Yusuf adabiyotga yetmushinchi yillar oxirida kirib kelgan va shu zahotiyoq u haqda betakror va esda qolarli timsollar yarata oluvchi, bir qarashda oddiy hayot voqeiligini chuqur va o‘ziga xos tarzda badiiy shakllardan maromida foydalana oluvchi, jiddiy va ajoyib iste’dod sohibi sifatida gapirishgan. O‘zbek she’riyatining o‘ta iqtidorli namoyondalaridan biri Muhammad Yusuf ijodining gullagan pallasi XX asr oxiri – XXI asr boshlariga, ya’ni O‘zbekiston yangi mustaqilligi davriga to‘g‘ri keladi. Uning qisqa, ammo yorqin hayotini Pushkinning Bayron haqidagi so‘zlari bilan izohlash mumkin: “U o‘z she’rlarida ixtiyorsiz tarzda she’riyatning zavqu-shavqi ila iqrorlik bildirgan” kabi so’zlarni aytib o’tdi.
Ijodining ilk yillari u kitobxonlarga o‘zining o‘zbek do‘ppisi haqida she’ri bilan tanilgan, keyin uzoq yillar davomida bu she’r shoirning tashrif qog‘oziga aylangan. Unda Muhammad Yusuf nima uchun o‘zbeklar do‘ppi kiymay qo‘yganidan hayratlanadi. Axir, ushbu bosh kiyimining turli xillari bor. Yoki uni kiyish og‘irlik qilib qoldimi? Xulosa quvonarli emas: gap mos do‘ppi yo‘qligida emas – hamma gap uni kiyishga loyiq inson qolmaganligida.
Tillar kafedrasi mudiri D.Ismoilova ham o’z fikrlarini aytib o’tdi. Shoirning adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi munosib baholangan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning farmoni bilan, Muhammad Yusuf “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan, “O‘zbekiston xalq shoiri” sharafiga musharraf bo‘lgan. Ilk she’ri 1976 yil “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida chop etilgan. Oradan to‘qqiz yil o‘tgachgina, 1985 yil shoirning ilk she’riy to‘plami “Tanish teraklar” chop etiladi. Ushbu to‘plamda shoir o‘z hissiyotlari bilan lirik va erkin tarzda bo‘lishadi, o‘z hayoti voqealari haqida gapiradi. Shunisi qiziqki, uni ham tanqid olami, ham shoir birodarlari juda iliq qabul qildi. Muhammad Yusufning hayotda omadi chopgan edi: ijodiy yo‘lining eng avvalida, taqdir uni Erkin Vohidov bilan yuzlashtirdi, u esa Muhammad Yusufning ajoyib iqtidorini sezib, uni rivojlantirishda yordam berdi. Keyinroq shoir Abdulla Oripov bilan yaqinlashadi. Bu ikki atoqli zamondosh shoirlar Muhammad Yusufning iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirishdi, ularning ijodida – mavzularda, timsollarda, she’r ohangida o‘zaro ta’sir va o‘zaro bir-birini boyitishni payqash mumkin.
Barcha yirik shoirlar kabi Muhammad Yusuf ham tarjima faoliyati bilan shug‘ullangan. Bu ishni u ifodali bajarib, o‘z tarjimalariga katta mas’uliyat bilan yondashgan. O‘zi ham tarjimaga yirik shoirlarning asarlari orqali o‘rgangan bo‘lsa-da, uning tarjimalari o‘ziga xos ijod namunasi hisoblanadi. Ularga nisbatan V. Jukovskiyning keyingi so‘zlarini qo‘llash mumkin: “Nasr tarjimoni – qul, she’riyat tarjimoni – raqib”. Muhammad Yusuf uchun har bir so‘z, hayotidagi har bir hodisa she’riyat edi. U go‘yo, osmonlarda qanot qoqayotgan qush kabi juda yengil va yorqin hayot kechirgan. Ammo shoir hayoti juda erta uzilgan. Ijodiy pallasi parvoz vaqti uzilgan… Shoir 2001 yilning 29 iyul kuni vafot etgan. Muhammad Yusuf kabi o‘ta keng qamrovli, hissiyotlari va o‘ylari chuqur shoir o‘limini bir narsagina — undan meros qolgan va shubhasiz, o‘zbek she’riyati rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi she’rlarigina yupatadi.