“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirishdagi yangi vazifalar»

Shu yilning 22-yanvar kuni Toshkent Tibbiyot Akademiyasi akademik litseyida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.MirziyoevningOliy Majlisga qilgan murojaatnomasida davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirishdagi yangi vazifalar  mavzuyidagi tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda TTA a.l. direktori A.R.Shermuratov, O‘IBDO‘ A. Sharopov. MMIBDO‘ N.Hakimova, Ijtimoiy – gumanitar fanlari kafedra mudiri Sh.Yunusova, Yoshlar Ittifoqi yetakchisi A.Tilavoldiyev, psixolog H. Usmonova lar qatnashdilar. Ijtimoiy – gumanitar fanlari kafedra mudiri Sh.Yunusova tadbirni ochib berar ekan, o’zining quyidagi fikrlarini aytib o’tdi:

-Har bir inson, oila, korxona vakillari bir yillik sarhisob va kelgusi yilga rejalar ustida o‘y surayotgan bir vaqtda poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazi mamlakatimiz ziyo¬lilari, Oliy Majlis deputatlari va senatorlar, madaniyat va san’at, ilm-fan arboblari bilan gavjum. Yig‘ilganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilinajak urojaatini tinglash uchun jamlandilar. Prezident dastlab tugallanayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar, 2020-yilda butun dunyo boshiga kelgan pandemiya sharoitida O‘zbekiston qanday choralar ko‘rgani, tibbiyot, ta’lim va boshqa sohalarda amalga oshirilgan islohot va yangiliklar haqida gapirdi. Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, 2020-yil butun dunyo uchun ko‘p talofatli, murakkab yil bo‘ldi. Ammo bu murakkabliklar bizga chidamlilikni, yashash uchun kurashishni o‘rgatdi. Barchamizga ayonki, pandemiyadan keyin dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy manzarasi albatta o‘zgaradi. Mana shunday sharoitda kim yutadi? To‘plangan tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, kuchli va samarali boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan davlatlar pandemiya xavfini o‘z vaqtida va bir yoqadan bosh chiqarib, bartaraf etishga va bu kurashda yengib chiqishga qodir bo‘ladi. Buni O‘zbekistonning pandemiya davridagi kurash tajribasi ham isbotlab turibdi. Lekin erishgan natijalarimizga mahliyo bo‘lmasdan, jahondagi vaziyatga sergaklik bilan qarab, barchamiz – kim bo‘lishimiz, qaysi vazifada ishla¬shimizdan qat’i nazar, mamlakatimizning milliy manfaatlarini ta’minlash haqida jiddiy o‘ylashimiz zarur. Bugungi murakkab sharoitda, yurtimizda boshlangan keng qamrovli islohotlar, yangi O‘zbekistonni barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom bo‘lishini ta’minlash eng asosiy vazifamiz bo‘lishi shart, — dedi Prezident. Yurt ertasi, taqdiri yoshlar qo‘lida. Shu bois ularning ta’lim-tarbiyasi, iqtidorli yoshlarga imkoniyatlar yaratish, o‘zini namoyon qila olishi uchun ularga ishonch bildirish davlat siyosati darajasiga olib chiqilgan. Prezident ishtirokida kechgan Yoshlar forumi va unda ko‘tarilgan masa-lalar, belgilangan maqsadlar ham bunga dalil bo‘la oladi. Shu bois Prezident barkamol avlod tarbiyasining eng quyi bosqichi — maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab ulkan islohotlarni amalga oshirish haqida ta’kidladi. Zero, maktabgacha ta’lim jarayonida qo‘yilgan puxta poydevor keyinchalik bolaning alochi o‘quvchi, iqtidorli talaba, muvaffaqiyatli mutaxassis va yetuk shaxs bo‘lib yetishishiga zamin yaratadi.
— Bugun hurmatli Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqimizga qilgan Murojaatnomasida ishtirok etdim, — deydi poytaxtimizdagi 81-IDUM direktori Ziyoda Haydarova. — Murojaatnomadan bir pedagog, ayol, ona, shu davlatda yashayotgan fuqaro sifatida ruhlandim, ruhimda tetiklik his qildim. Prezidentimizning o‘qituvchilar mavqeyi, turmush darajasini oshirish borasida aytgan gaplari, jumladan, ularga yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish, olis qishloqlarda ham ta’lim sifatini oshirish maq¬sadida u yerlarga shahar joylardan borib ishlaydigan o‘qituvchilarga 100 foiz, bir tumandan boshqa tumanga borib ishlaydigan o‘qituvchilarga 50 foiz ustama berilishi, o‘qituvchilikni jamiyatda eng nufuzli kasb jarajasiga olib chiqish, uning faqat va faqat ta’lim berishdan boshqa ishlar¬ga jalb qilinmasligiga erishish haqidagi gaplaridan juda tasirlandim. Darhaqiqat, muallimlar ulug‘langan yurtda ta’lim-tarbiya yuksaladi, yoshlar kamoloti sari mustahkam poydevor qo‘yiladi. Ayniqsa, matematika, kimyo, biologiya fanlarini chuqur o‘qitishga qaratilayotgan e’tibor, bu yo’nalishda tashkil qilinayotgan ixtisos-lashgan maktablar iqtidorli o‘quv¬chilarni kashf etish yolida ulkan qadam bo‘ldi. Yangi yildan esa yurtimizda fizika fanini o‘qitishga ham katta e’tibor qara¬tilishi ta’kidlandi. O‘quvchilarning xalqaro standartlar asosida o‘qitilishiga erishish, bu borada yetuk kadrlarni yetkazib berish borasida fikrlar o‘rtaga tashlandi. Boshlang‘ich sinflarda ortiqcha yuklamalardan voz kechish va bu maqsadda yangi avlod darsliklarini yaratish rejasi ustida ish olib borilayotganligini eshitib ham juda xursand bo‘ldim. Maktabgacha ta’lim tizimiga 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab olish darajasini oshirishga erishish masalasi ham pedagog sifatida meni juda ruhlantirdi. Ayol sifatida esa davlat va jamiyat ishlarida xotin-qizlar rolini oshirish, ularning haq-huquqlarini himoyalash masalalariga ham e’tibor qaratilganidan sevindim. Davlatimiz rahbarining rejalarini tinglab, ishchanlik kayfiyatim yanada ortdi. Men rahbarlik qilayotgan Uchtepa tumanidagi 81-ixtisoslashgan davlat umumtalim maktabi 2019-yilda homiylar tomonidan rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofa kasb etgan edi. Bu yil esa Toshkent shahar hokimligi qarori bilan matematikaga ixtisoslashgan maktabga aylantirildi. Endi ixtisoslashgan sinflarimizga 5-sinfdan bolalar imtihon qilinib olinadigan bo‘ldi. Maktabimizda matematika bilan birga ingliz, fransuz, yapon tillari chuqurlashtirib o‘qitiladi. Endi Murojaatnomadan ruhla¬nib biz ham maktabimizda bu yilgi yangi rejalarni tuzamiz. Shunday rejalarimizdan biri, axborot texnologiyalari va dasturlash texnologiyasiga ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etamiz. Davlatimizda o‘qituvchilarga shunday yuksak hurmat, etibor bildirilar ekan, biz pedagoglar ham bundan buyog‘iga shunga munosib bo‘lish kerakligini unutmasligimiz lozim!

So‘zga chiqdi: Yoshlar Ittifoqi yetakchisi A.Tilavoldiyev 

Yurtboshimizning Oliy Majlisga va xalqga qilgan murojaatnomasini kuzatib, o‘qituvchi kasbini tanlaganimga yana bir karra shukrona keltirdim, — deydi Olot tumanidagi 24-maktab o‘qituvchisi Nargiza Beknazarova. — Biz Buxoro viloyatining eng chekka hududi — Olot tumanida yashaymiz. Shu yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan kuchli shamoldan qancha zarar ko‘rganimiz barchaga ayon. Og‘ir pandemiya davrida Prezidentimiz biz hali tongni qarshilamasdan tumanimizga shaxsan o‘zlari yetib kelib, xalqning ahvolini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga, yordam berishga oshiqdi. Xalqimizning tabiiy ofatdan omon qolganini ko‘rib, shukrona keltirganlari va bizni hamisha himoya qiladigan Prezident ortimizda turganligini aytib taskin berganlari hamon ko‘z oldimda. O‘shanda shu xalqning bir vakili sifatida ko‘nglim qancha ko‘tarilgan bo‘lsa, bugungi Murojaatnomadan yanada zavqqa, kuch-g‘ayratga to‘lgandek bo‘lyapman. Ayniqsa, o‘qituvchilarga yaratilajak imtiyozlar, ko‘rsatilgan hurmat-yehtiromdan boshim ko‘kka yetdi. O‘qituvchining iqtisodiy holati yaxshilanmaguncha ta’lim tizimida  natija  kutilganidek  bo‘lmaydi. Bugun bu  haqiqat Prezidentimiz tomonidan ham ta’kidlandi. Zero, “Muallimlarga ustama haq va yana qator imtiyozlar berilsagina o‘z fani, o‘z ishi, o‘z kasbining shijoatli mutaxassislari rivojlanadi” deb bejiz aytmadilar. Qarangki, sinf rahbari degan jumla oddiy so‘z bo‘lib kelgan. Hozirgacha sinf rahbarligining mashaqqati tilga olinmagan edi. Men bu mashaqqat ortidan topilgan nonni  ko‘pdan beri totib kelaman, ana endi bu non tanamga nafaqat qon, jo‘shqin hayot, jo‘shqin kayfiyat, jo‘shqin shijoat va mas’uliyat bag‘ishlaydi.

— Prezidentimiz Shavkat Mirzi¬yoev Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2021-yilga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berishni taklif qildi, — deydi O‘zbekiston Milliy universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori, professor Raima Shirinova. — Shuningdek, Prezident tomonidan 2021-yil nomida belgilangan sohalarni tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aytib o‘tildi. Jumladan, kelgusi yilda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga joriy etiladigan yangiliklar haqida ham ma’lumot berildi. Keyingi yildan boshlab oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilishi, qolaversa, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun oliy o‘quv yurtlariga qabul grantlari soni 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazilishi juda quvonarli yangilik bo‘ldi.

Xulosa qilib aytganda, davlat rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi ko‘plarning diliga yangidan-yangi rejalar, maqsadlar urug‘ini sochdi. Endi bu maqsadlar sari olg‘a qadam tashlash uchun kirib kelajak yangi — “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da barcha soha egalarida yoshlarnikidek shijoatli qalb va dadillik bo‘lsa bas. Yurt kelajagi va Vatan ravnaqi yo’lida qilinajak islohotlar daragi hammamizga hozirdanoq bu shijoatni bag‘ishlagandek bo‘lyapti.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan