“8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami’’

Kuni kecha Toshkent Tibbiyot Akademiyasi akademik litseyida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami’’ munosabati bilan tadbir o’tkazildi. TTA AL direktori A.R.Shermuratov, MMIBDO‘ N.Hakimova, O‘IBDO‘ A. Sharopov, Y.I. yetakchisi A. Tilavoldiyev, akademik litsey xotin qizlar qo‘mitasi raisi Fayzieva G, akademik litsey psixologi X.E.Usmonova, 1,2-kurs guruh rahbarlari va o‘quvchilari akademik litseyning barcha  ustozlari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirni akademik litsey direktori A.Shermuratov ochib berdi va quyidagi so’zlarni aytdi:

  Assalomu alaykum, aziz opa-singillar! Muhtaram do‘stlar!

Avvalo, siz, azizlar bilan yurtimizga bahor nafasi kirib kelayotgan yorug‘ kunlarda, Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida mana shu muhtasham koshonada uchrashib turganimdan g‘oyat xursandman. Shu qutlug‘ ayyom – 8-mart bayrami bilan sizlarni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini, muhtarama onaxonlarimiz, qadrli opa-singillarimiz, go‘zal qizlarimizni chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat-yehtiromim va ezgu tilaklarimni bildirishga ijozat bergaysiz. Barchamiz uchun aziz va mo‘tabar bo‘lgan ayol zoti haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib ta’zim qilamiz. Er yuzida muqaddas degan so‘zga eng munosib zot bu – avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo ulug‘lab, ardoqlab yashaydi. Yurtimizda onalarni sharaflab muhtasham haykallar bunyod etilgani ham shundan dalolat beradi. Biz Ona timsolida Vatanimizni, uning go‘zal va betakror qiyofasini ko‘ramiz. “Ona Vatan” degan ibora bejiz aytilmagan, bunda chuqur ma’no bor. Insonni inson qiladigan mana shunday yuksak tuyg‘u va tushunchalarni bolalarimiz qalbiga yoshligidan singdirsak, shoirlarimiz, rassomlarimiz, san’atkorlarimiz onalarni, ayollarni tarannum etadigan yangi-yangi asarlar yaratsalar, nur ustiga nur bo‘lur edi. Ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz. Shundan so’ng Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri: Sh. Yunusova ham o’z tabrigini bayon etdi:

 Litseyimizning aziz ayollari sizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimizdan qutlab, Sizga baxoriy tabassum, mustaxkam sixat-salomatlik, quyosh xarorati-yu olam-olam quvonchga to‘la xissiyotlarni yo‘ldosh bo‘lishiga tilakdosh bo‘lib qolamiz! Lablaringizdan samimiy kulgu, xonadoningizdan baxt-saodat tuyg‘ulari, ezgulik xissi, nur va sevinch, mehr va muxabbat aslo arimasin! Xonadoningizda xamisha tinchlik-totuvlik xukm sursin, yuzingiz g‘am ko‘rmasin, farzandlaringiz va yaqinlaringiz mexridan xamisha baxramand bo‘lishlik nasib etsin! Sizga dunyodagi barcha ezgu tilaklarni va istaklarni ravo ko‘rishimizni xamda bizning baxtimizga doimo sog‘-salomat yurishingizni astoydil tilab qolamiz! Avvalo, sizlarni, sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ana shu bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etib, o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirishga ijozat bergaysiz. Bu qutlug‘ ayyomda hurmatli ayollarimizga eng samimiy, eng ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, birinchi navbatda muqaddas va mo‘tabar Ona siymosiga ta’zim qilamiz. Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Hech shubhasiz, O‘zbekiston deb atalgan jonajon Vatanimizda har qaysi mard yigit avvalo mehribon onasi, oilasi, farzandlari baxtli bo‘lishini albatta istaydi, hazrat Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, bu yo‘lda o‘zining butun borlig‘ini bag‘ishlashga tayyor turadi. Bugungi bayramni biz – O‘zbekiston o‘g‘lonlari, mardi maydonlari avvalo, dilimizda, qalbimizda sizlarga bo‘lgan mehr va muhabbatimizni yana bir bor izhor etish imkonini beradigan ayyom, deb qabul qilamiz. Aziz va muhtarama opa-singillar! Bugungi kunda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan maqsad va vazifalarga erishishda siz, azizlarning beqiyos hissangiz bor. Buning uchun sizlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi, albatta.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan