Qabul 2021-2022

Toshkent Tibbiyot akademiyasi akademik litseyiga kirish imtixoni tartibi

TTA akademik litseyida 2021-2022 o’quv yili uchun saralash imtixonlari 2 bosqichda o`tkaziladi

1-bosqich saralash imtixoni yo’nalish fanlari bo’yicha (2ta fan) yozma ish shaklida akademik litseyi binosida o’tkaziladi

Dastlabki bosqich quyidagicha:

Tabiiy 1 (biologiya) –  Biologiya va kimyo fanlaridan

Tabiiy 2 (kimyo-texnologiya) –  Kimyo va matematika fanlaridan

Ijtimoiy gumanitar (pedagogika-psixalogiya) – Biologiya va ona tili (diktant) fanlaridan savollarga javoblar yozma shaklda beriladi!

Dastlabki imtixon maksimal 50 ball ni tashkil etadi. 26 va undan yuqori ball to’plagan o’quvchilarga ikkinchi bosqichda qatnashishga ruxsat beriladi.

2-bosqich saralash imtixoni 2021-yilning 26-28-avgust kunlari Davlat test markazi tomonidan maxsus tayyorlangan ochiq maydonda o’tkaziladi. 2-bosqich imtixoni o’tkazilish aniq sanasi, vaqti va joyi  http//www.lyceum.tma.uz web sayti va  http//t.me/tma_al telegram kanali orqali e’lon qilinadi.

2-bosqichda o’quvchilar yozma test shaklida imtixon topshirishadi.

Tabiiy 1 (biologiya) –  Biologiya va kimyo fanlaridan

Tabiiy 2 (kimyo-texnologiya) –  Kimyo va matematika fanlaridan

Ijtimoiy gumanitar (pedagogika-psixalogiya) – Biologiya va ona tili fanlaridan

Shuningdek, o’quvchining intellektual darajasini aniqlash uchun

-mantiqiy va keng fikrlash darajasini aniqlash

-turli tushunchalarni bilish darajasini aniqlash

-faktlarni taqqoslash hamda ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni topish darajasini aniqlash

Dastlabki imtixon 13 va 14-avgust kunlari o’tkaziladi.

Dastabki imtixon uchun ruxsatnomalar 11 va 12-avgust kunlari soat 9:00 dan boshlab tarqatiladi!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan