«Qadring baland bo‘lsin, Ona Tilim!»

⚡️⚡️Bugun TTA akademik litseyida 21 oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan «Qadring baland bo‘lsin, Ona Tilim!» mavzusida O‘zbek tili bayrami nishonlandi.

Tadbirni akademik litsey direktori A. Shermuratov kirish so‘zi bilan ochar ekan, Til millatning  iftixori, faxr va g‘ururi ekanligini , har bir Yangi O‘zbekistonning bugungi yosh avlodi Ona tilining boy ma’naviy meros sifatida jonlantirishi lozimligini takidlab o‘tdi.Tadbir jarayonida 21-04guruh o‘quvchilari tomonidan «So‘z gulshani» nomli she’riy mushoira mahorat bilan gavdalantirildi. Abdulla Qodiriy qalamiga mansub «O‘tkan kunlar» romanidan sahnalashtirilgan «Qizlar bazmi» namoyishi yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi

Tadbirda O‘zLidep vakillari ishtirok etib yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdilar. Tadbir bugungi Siyosiy jarayonlar asnosi o‘laroq  «#Biz Yangi  O‘zbekiston Yoshlarimiz!» «#Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!» chellendjlariga ulanib ketdi.

⚡️⚡️Tadbir davomida Respublika madaniyat kolleji o‘quvchilari, Sharqshunoslik akademik litseyining o‘quvchi yoshlari yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, diltortar navolar, kuy qo‘shiq, she’ru g‘azal orqali davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar.

⚡️⚡️Академик лицейнинг иқтидорли ўқувчилари томонидан наволанган куйлар тадбирга ўзгача кўтаринкилик бағишлади.

«Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!» mavzusidagi devoriy gazetalar tanlovi g‘oliblari Faxriy Yorliq bilan taqdirlandilar.

⚡️⚡️Bugungi tadbirni tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatgan aziz ustozimiz Dilfuza Shomirzaevnaga alohida tashakkurimizni, hamda ustozlar D.Ismoilova, G.Sodiqova, G.Fayzieva, Sh.Yunusova ,X.Usmonova, Z. Sayfullaeva,  F.Ibragimova, A.Tilavoldievlarga, 20-04, 20-09, 21-04, 21-05, 21-07 guruh o‘quvchilariga akademik litsey ma’muriyati nomidan chuqur  minnatdorlik bildiramiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Ustozlar, o‘quvchi Yoshlar!!!💐💐💐

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan