Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyida Ma’naviyat soatida 2 bosqich o‘quvchilari uchun «Prezident saylovi Yoshlar nigohida» mavzusida Sh.Yunusova tomonidan ma’ruza darslari tinglandi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish – qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan turkum tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.
Mavzu har tomonlama to‘liq, tushunarli tarzda o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita muloqoti ostida qizg‘in baxs-munozalarga boy tarzda o‘tildi. Dars jarayonida «Janob Prezident» hujjatli filmi o‘quvchilar jamoasiga taqdim etildi. Mavzuning siyosiy, ma’naviy tomonlari o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga to‘liq yetkazildi.
Bugungi tashabbus uchun Ustoz Sh. Yunusovaga akademik litsey ma’muriyati tomonidan minnatdorlik bildiramiz.