#Ko’rgazma

📖 Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi 2-bosqich bitiruvchi guruh oʼquvchilari ishtirokida yoshlarni mamlakatimiz va xorijdagi yetakchi Oliy taʼlim muassasalarida mavjud mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishtirish, yurtimizda taʼlim sohasida erishilayotgan yutuqlarni yoshlar orasida keng targʼib qilish, yoshlarni taʼlimning keyingi bosqichlari bilan tanishtirish, ularning kelajakdagi tanlovlarini munosib taʼminlash maqsadida 18-mart kuni Yoshlar ijod saroyida «Taʼlim va mutaxassislik» XXIV Xalqaro koʼrgazmasida ishtirok etdilar

📚Xalqaro koʼrgazmada akademik litseyning bitiruvchi guruh oʼquvchilari toʼliq ishtirok etib, yurtimiz va xorijiy mamlakatlar oliy taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishdilar.
Kelajak qarorlari, dunyoqarashlari tanlov imkoniyatlari bilan koʼrgazmada tashkil etilgan tashkilot vakillari bilan fikr almashdilar.
Bugun oʼquvchilarimizning hayotida unutilmas va mazmunga boy,kun boʼldi deya eʼtirof eta olamiz.
Orzular albatta roʼyobga chiqishida, kelajakda yuqori darajada taʼlim olib, porloq istiqbol egalari boʼlishlariga tilakdoshmiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan