«O’zbekona an’analar va qadriyatlar»

Bugun akademik litseyimizda o’zgacha bayramona bahoriy kayfiyat hukm surdi.
O’zbekona an’analar va qadriyatlar festivali Siz Azizlarni tashrifingiz, mehnatlaringiz evaziga shukuhli va mazmunli o’tdi.
Tadbirda bizga bosh bo’lgan, dasturxon yozgan Qadrli rahbarimiz Anvar Rahmonqulovichga jamoa nomidan minnatdorlik bildiramiz.
Tadbirni ko’tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda o’tishiga sababchi bo’lgan barcha Guruh rahbarlariga, Ustozlarga, Ota-onalarga,o’quvchi yoshlarga akademik litsey ma’muriyati va shaxsan o’z nomimdan minnatdorlik bildiraman. Har kuningiz Navro’z bo’lsin, bahoriy kayfiyat hamrohingiz bo’lsin. Kelajakda hamjixatlikda bundanda ajoyib tadbirlarni birgalikda nishonlaylik.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan