Bugun Olmazor tuman hokimligi, Yoshlar Ittifoqi va Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida «Ajdodlar matonati va jasorati avlodlar uchun namunadir» shiori ostida yugurish sporti bo’yicha marafon turniri tashkil etildi va bunda Jamoat xavfsizligi universiteti, O’zbekiston Milliy Universiteti, Islom Karimov nomidagi texnika universiteti talabalari, Olmazor tumanidagi akademik litseylar va umumta’lim maktablari o’quvchi yoshlari ishtirok etishdi. Marafonda qatnashuvchilar yosh chegarasi bo’yicha guruhlarga ajratildi. Xususan Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi yoshlari ham faol tarzda ishtirok etishdi. Umumiy uzunligi 4.5 km masofani tashkil etuvchi marafon akademik litseyimizning darvozasi qarshisidan start chizig’i boshlandi, O’zbekiston Milliy universitetining kirish hovlisida finish yo’lagi belgilandi. 15-18 yosh toifasida ishtirok etgan o’quvchilarimiz yuqori o’rinlarni egallashdi. Misol qilib aytadigan bo’lsak, 21-02-guruh o’quvchisi Axmatov Sunnatbek faxrli ikkinchi o’rinni egalladi va diplom, medal va qimmatbaho sovg’a bilan taqdirlandi. Bu turnirda asosiysi sovrindor o’rinni egallash emas balki, ishtirokchi bo’lishdir chunki sport sog’lik garovidir. Finishga yetib kelgan yoshlarni esa ajoyib tarzda tashkil etilgan Estrada yulduzi: Shaxlo Ahmedova, blogger va qo’shiqchi Ozoda ishtirokidagi tadbir va taqdirlash marosimi kutib turardi. Bundan tashqari, O’zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi akademik litseyining orkestr guruhi o’zlarining ajoyib musiqalari bilan ishtirok etdilar.
#MARAFON



