#Men diniy ekstremizm va terrorizmga qarshiman mavzusida insholar tanlovi

Joriy yilning 23-aprel kuni O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti «Fuqarolik jamiyati va huquq ta`limi» kaferdasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi hamkorligida litsey o’quvchilari o’rtasida «Men diniy ekstremizm va terrorizmga qarshiman» mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi.

🔸 Tanlovda litsey o’quvchilaridan 18 nafari ishtirok etdi va 80 minut vaqt davomida mavzu yuzasidan insho yozishdi.

✔️ Tanlov g’oliblari 29-aprelgacha aniqlanadi hamda g’oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan, faol ishtirok etganlar maqtov yorliq va kitoblar bilan taqdirlanadilar.

📌 Ma`lumot o’rnida: O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti «Fuqarolik jamiyati va huquq ta`limi» va TTA akademik litseyi «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kaferdasi o’rtasida 2022-yil 5-fevral kuni 2022-2024 yillarga mo’ljallangan hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan