Sog‘lom oila mustahkam oila

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi hamkorlikda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil  28-yanvardagi 60-sonli farmoniga asosan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ko‘rsatilgan maqsadlar ijrosi yuzasidan 69-maqsadda keltirilgan: Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, hamda partiyaning “Sog‘lom oila mustahkam oila” loyihasi doirasida  “Qizlar o‘rtasida erta turmushni oldini olish va erta  turmushning salbiy  oqibatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Olmazor tumanidagi Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi katta majlislar zalida  10 noyabr kuni soat 10.00 bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Umida Marupova , O’zLiDeP Yoshlik talabalar shaharchasi  Kengashi raisining Ayollar masalalari buyicha urinbosari Shaxnoza Yunusova,  Toshkent shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot poliklinikasi bosh shifokori o‘rinbosari Raxmonova Yulduz Tolipovna, akusher ginekolog Tursunova Dilobar Mirodilovna, Psixolog Usmanova Xusnora hamda tibbiyot akademiyasining ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘icha direktor o‘rinbosari Xakimova Nigora Qutbiddinovnalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir so‘ngida mavzuga doir videorolik namoyishi ham taqdim etildi. tadbir mazmunli va savol javoblar bilan ko‘tarinki ruxba bo‘lib o‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan