#Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yillik shodiyonasi munosabati «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» shiori ostida Mustaqillik darsi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Yig‘ilganlar davlatimiz rahbarining  bayram tabrigi hamda ustoz murabbiylarning bayram qutlovlarini mamnuniyat bilan qarshi oldilar.

Bundan roppa-rosa o‘ttiz ikki yil muqaddam O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qildi. O‘tgan davrda xalqimiz qancha sinovlarni boshidan o‘tkazdi, ko‘plab qiyinchilik va mashaqqatlarni birgalikda yengdi. O‘zbekiston o‘z suvereniteti, davlat mustaqilligiga osonlik bilan erishgani yo‘q. Bu yo‘lda ajdodlarimizning siyosiy va ma’rifiy intilishlari so‘nggi bir yarim asr davomida deyarli to‘xtamadi. Hurriyat uchun kurashgan ko‘plab Vatan fidoyilari qatag‘on etildi, istiqlolga intilgan millat qahramonlari zulm va zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi. O‘ttiz ikki yil avval tug‘ilgan go‘dak bugun o‘zining mustaqil fikri, dunyoqarashi, orzu-istaklari va maqsadlariga ega shaxs sifatida voyaga yetdi. Xuddi shu singari, bugungi O‘zbekiston ham, o‘tgan davrda turli sinovlarda toblanib, tajriba orttirib, o‘zining aniq maqsadi va yo‘li, pozitsiyasiga ega bo‘lgan katta davlat sifatida shakllandi.

Bugun xalqimiz ulug‘ maqsadlar bilan Uchinchi Renessans davriga qadam qo‘ymoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan bu muhtasham yo‘l xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda. Yurtimiz tinchligi va daxlsizligi, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik hamda hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi demokratik islohotlar dunyo hamjamiyatining ham e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

O‘quvchilar  tomonidan olib borilgan davra, Vatan tarannumini madh etuvchi nazm navolari mustaqillikning yanada buyuk ne’mat ekanligini yana bir karra ochib berdi.

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 31 avgust 1/15-47/2 son xati ijrosini ta’minlash maqsadida «Vatan ozodligi yo‘lida shahid ketganlar xotirasi mangu barhayotdir» mavzusida ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Sh. Yunusova ma’ruzalari tinglandi. O‘quvchi yoshlar yod olgan she’rlari yig‘ilganlada katta taassurot qoldirdi. Qatag‘on qurbonlari xotirasiga xurmat bajo keltirilib, mavzu ko‘lami doirasida taqdimot namoyish etildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan