# «O‘zligimda jo bo‘lgan milliyligim»

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 18 oktabr 466-sonli buyrug‘i ijrosini taminlash maqsadida  31-oktabr Milliy qadriyatlar kuni munosib tarzda nishonlandi. «O‘zligimda jo bo‘lgan milliyligim» shiori ostida tantanali yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

Milliy an’analar, qadimiy urf-odatlarga yo‘g‘rilgan «O‘zligimda jo bo‘lgan milliyligim» shiori ostida bo‘lib o‘tgan yoshlar festivalida «Milliy raqs», «Milliy dasturxon», «Milliy libos», «Milliy sport» tanlovlari bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kun o‘quvchi yoshlarga chinakam o‘zlikni anglash, qadriyatlarga xurmat, an’ana va urf-odatlarga ehtirom ruhini shakllantirishga turtki bo‘la oldi.

Bugungi tadbirda faol ishtirok etgan tashabbuskor Barcha Guruh Rahbarlariga, Hurmatli Ota-onalarga, O‘quvchilarga, hamda milliy qadriyatlar aks etgan qadimiy ashyolarni tadbir uchun tortiq etgan aziz ustozimiz Shaxnoza Yunusovaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bugungi bayramona kayfiyat barchangizni tark etmasin.

Tashakkur Ustozlar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan