# «Professional kompetensiyaning psixologik xususiyatlari»

04.11.2023 yilda TTA akademik litsey psixologi X.Usmonova Nizomiy nomidagi TDPU O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 4-bosqich amaliyotchi talabalari hamda ularning amaliyot rahbari Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, f.f.n. Egamova Sh.D. ishtirokida «Professional kompetensiyaning psixologik xususiyatlari » mavzusida davra suhbati tashkil etdi. Suhbat jarayonida amaliyotchi talabalar pedagogik faoliyatdagi kompetensiya tushunchasi hamda uning psixologik xususiyatlari haqida bilimlarini oshirishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga mazmunli javob olishdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan