Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyida Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasida hamda VM 172-sonli Qarori ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar Boshqarmasining 01/05-65-sonli xati ijrosi asosida shiori ostida O‘zbekiston Davlat drama teatrining O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub «Dunyoning ishlari» spektakli tamoshasiga tashrif buyurildi.
Tashrifdan maqsad Tarbiya maskani hisoblanmish ma’naviyat dargohida o‘quvchilarni bugungi kunga shukronalik, chin Vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirishdan iboratdir.
Spektakldagi voqealar urushdan keyingi Stalin davri qatag‘on yillaridagi ayanchi hayot, oilalar boshiga tushgan tashvish, davr ruhi mahorat bilan gavdalantirilgan.
Birgina Ona siymosi orqali insoniylikning eng yuksak cho‘qqilari bugungi kunga shukronalik, halollik, poklik tuyg‘ulari tarannum etilgan. Asar yuksak rejissorlik, 20dan ortiq aktyorlar ijrosida mahorat bilan sahnalashtirilgan.