# «Ijarada yashovchi o’quvchilarni yashash sharoitini o’rganish tadbiri»

Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyida   105-106-107 guruhlarda tahsil oluvchi 10 nafar o‘g‘il bolalar yashayotgan ijara xonadoniga YoMMMIBDO‘ N.Hakimova, akademik litsey hamshirasi G. Abdullayeva hamda 107 guruh rahbari Sh. Niyozova ishtirokida tashrif amalga oshirildi.

Tashrifdan maqsad ijara xonadonida kuz va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, is gazi havfidan ogoh bo‘lish, yong‘in xavfsizligi borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. O‘quvchilar yashash sharoiti bilan yaqindan tanishib, xonadon egasi bilan suhbatlashildi.

Shu bilan birgalikda ko‘p sonli o‘quvchilar ijara uyiga biriktirilgan Olmazor tumani IIOFMB 5-son IIB profilaktika inspektori O.Sh.Haydarov bilan xavfsizlik masalalari yuzasidan suhbat amalga oshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan