Bugun 2022 yil 15 aprel kuni TTA akademik litseyimizda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «Ta’lim va kasb » – XXI xalqaro ko‘rgazma doirasida Rossiya Federatsiyasining Sibir Davlat tibbiyot universiteti bilan tibbiy ta’lim, ilmiy ishlanmalar va amaliy tibbiyot bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish sohadagi ishlarni yanada kuchaytirish borasida yutuqlar, oldimizga qo‘yilgan maqsad va vazifalar yuzasidan davra suhbati hamda o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, uchrashuvda Sibir Davlat tibbiyot universiteti Tibbiy biologiya fakulteti degani Gusakova Svetlana Valerevna tomonidan «Tibbiyotda fizika fanining o‘rni» mavzusida qiziqarli ma’ruza qilindi, bundan tashqari Sibir Davlat tibbiyot universiteti Qabul komissiyasining mas’ul kotibi, tibbiy amaliyot va malaka oshirish markazi rahbari Sannikova Yekatirina Yurevna tibbiyot universiteti va u joylashgan shahar bilan batafsil tanishtirdi. Hamkorlik doirasidagi uchrashuv qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda yuqori darajada tashkil etildi, so‘ngra ta’lim muassasasi xududida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida kelgan mehmonlar tomonidan bilan mevali daraxtlar ekildi.