AKADEMIK LITSEYLARGA HUJJAT TOPSHIRGAN O‘QUVCHILAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA!

⚡️AKADEMIK LITSEYLARGA HUJJAT TOPSHIRGAN O‘QUVChILAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA!

 

🔙 Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishining to‘xtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ma’lum bir muddatga surildi.

📅 Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining o‘tkazilishi  joriy yil sentabr oyining birinchi yarimida rejalashtirilmoqda.

✔️ Ushbu tadbirlarni o‘tkazishning aniq muddatlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar akademik litseyning rasmiy veb-sayti www.lyceum.tma.uz orqali e’lon qilinadi.

 

Manba Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb sayti www.edu.uz dan olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan