Akademik litseyimizda joriy yil 20-iyundan qabul jarayoni boshlanadi va 30-iyunga qadar davom etadi!!!

 

 

 

20 iyundan akademik litseylarga qabul boshlanadi

 

▶️ Joriy yil 20 iyundan akademik litseylarda 2021/2022 o‘quv yili uchun o‘quvchilarlardan hujjatlarini qabul qilish boshlanadi.

 

🔘 O‘quvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar akademik litseylarda tashkil etilgan Maslahat kengashlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

 

✔️ ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yo‘nalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihonni topshirish hamda imtihonni o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

 

✔️ shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport/ID-karta) nusxasi;

 

✔️ 3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat (oq fonda), electron jpg shaklida ham.

 

▪️ Bundan tashqari hujjatlarni  litsey.edu.uz portali orqali yurtimizdagi akademik litseylarga o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn topshirishlari ham mumkin bo‘ladi.

 

☝️ O‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni ham topshiradilar.

 

🔚 Hujjatlarni qabul qilish 30 iyunga qadar davom etadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan