“Qomusim, faxrim, iftixorim!”

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yillik shodiyonasiga bag‘ishlangan » Qomusim, faxrim, iftixorim!» mavzusida adabiy badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.Tadbir Davlat madhiyasi sadolari  boshlandi.

Kechani akademik litsey direktori A.Shermuratov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarni Qomusimiz tashkil topgan kun, ulug‘  shodiyona bilan qizg‘in muborakbod etdi.

Tadbirda Olmazor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh. Omonov, Olmazor tuman favqulodda vaziyatlar bo‘lim boshlig‘i Sh. Ibragimovlar ishtirok etib, yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdilar.

Bugungi tadbir kuy qo‘shiq, adabiy badiiy chiqishlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Akademik litseyda Qomusimizning shodiyonasi ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Raqqosa qizlarimiz ijrosidagi milliy raqs kechaga o‘zgacha tarovat bag‘ishladi.

Dunyo xalqlarining   diltortar kuy qo‘shiq navolari, jozibador raqslari bilan o‘quvchilar yig‘ilganlarni qutladilar.

Bugungi tadbirni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan ijtimoiy fanlar kafedrasiga, kafedra mudiri  Sh.Yunusovaga,  A.Parpiyeva, D.Ubaydullayevga hamda 21-02, 20-08 guruh o‘quvchi yoshlariga akademik litsey ma’muriyati, ustozlar, o‘quvchi yoshlar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Izlanishdan aslo charchamang fidoiy Aziz Ustozlar, O‘quvchi yoshlar!!!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan