Yangi yil tabrigi!

Qutlug‘ qadamlar bilan kirib kelayotgan 2022 – yil bilan barchangizni tabriklayman. 2021 yilda yurtimiz hayotida yaxshi kunlar, ulkan yutuqlar, marralar ko‘p bo‘ldi.

Tarix sahifasiga aylanayotgan 2021 yil akademik litsey hayotida muhim voqealarga boy bo‘ldi. Jumladan, o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarga tayangan ta’lim tizimi natijasi o‘laroq bu yil oliy o‘quv yiliga kirish 90% ni tashkil etdi. Ma’naviy ma’rifiy sport sohasidagi ishlarimiz, yutuqlarimiz ko‘p bora marralarni zabt etdi.

Kirib kelayotgan yangi 2022 – yilda akademik litseyimiz jamoasi bilan kattadan katta rejalarni amalga oshirish, bir qator hayrli tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Qadrli Ustozlar, Pedagog xodimlar, aziz o‘quvchi yoshlar!

Sizlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy muborakbod etaman. Ilmiy ijodiy ishlaringizda kattadan katta muvaffaqiyatlar tilayman. Oilangizdan fayz-baraka arimasin!

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!!!

Ijrochi direktor    A.Shermuratov.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan