Akademik litseyimiz fidoiylari

Malikov Zohid Vasikovich – Malikov Zohid Vasikovich 1947 – yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1971 – yilda Toshkent davlat pedagogika institutining biologiya fakultetini tamomlagan. 1971 – 2004 yillarda Toshkent Davlat tibbiyot instituti gistologiya kafedrasida ordinator, assistent va katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlagan. 1978 – yilda biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2004 – yildan hozirgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi bosh o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 20 dan ortiq ilmiy maqolalari, biologiya fanidan 5 ta darslik va 10 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalari chop etilgan. Umuman, Zohid Vasikovich ish faoliyatini oliy o’quv yurtiga kirmasidan avval boshlagan ya’ni, 1964 – 1966 – yillarda – Zangiota tumanining markaziy shifoxonasida feldsher sifatida ishlagan. Shundan so’ng 1966 – yilda ilmiy faoliyatni boshlab yuborgan. 1971 – yilda o’qishni tamomlagandan so’ng to’qqiz yil davomida Toshkent Davlat tibbiyot institutining ilmiy xodimi sifatida ish olib bordi. 1980 – 1982 – yillarda Toshkent Davlat tibbiyot institutining assistenti, 1982 – 1983 – yillarda Qishloq xo‘jaligi institutining laboratoriya mudiri, 1983 – 1995 – yillarda Toshkent Davlat tibbiyot institutining katta o‘qituvchisi, 1995 – 2004 – yillarda esa  Toshkent Pediatriya institutining katta o‘qituvchisi bo’lb faoliyat yuritgan.

Ustozning ilmiy faoliyati ancha samarali va keng bo’lgan. Xususan,  “Umumiy ekologiyaning asosiy tushunchalari”, “Hujayra, rivojlanish va irsiyat biologiyasi”, “O‘simliklar ekologiyasi va inson salomatligi”, “Ekologiya asoslari”  o‘quv qo‘llanmalari va akademik litsey o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan  “Odam  anatomiyasi va  fiziologiyasi” darsligi (hammualliflikda) nashr qilingan.  Z.V.Malikov 2016 – yilda O‘zbekiston  Oliy va o‘rta maxsus  kasb-hunar ta’limi  yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan tasdiqlangan akademik litseylar uchun biologiya fanidan «Namunaviy  o‘quv dasturi» ning hammuallifi hisoblanadi.

 

Malikov Zohid Vasikovich – O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 – yil 23- noyabrdagi «500» – sonli buyrug’iga asosan  Tabiiy fanlar yo’nalishidagi akademik litseylar uchun yaratilgan «Biologiya» darsligining asosiy yaratuvchilaridan biri hisoblanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan