Akademik litseyimiz fidoiylari

Dilbar Shamirzayevna Babaxanova – 1991 – yilda Leningrad Davlat Universitetining  biologiya fakultetini  tamomlagan, mutaxassisligi biolog-genetik.  Hozirda biologiya fanidan  bosh  o‘qituvchi vazifasida ish olib boradi.  Qator  ilmiy-uslubiy maqolalari O‘zbekiston va MDH da  nashr qilinadigan ilmiy  jurnallarda chop qilingan.  D.Sh.Babaxanova   biologiya  fan olimpiadalariga  o‘quvchilarni tayyorlash sohasida keng ko‘lamda faol ish olib boradi. Uning rahbarligida   TTA  AL 3-bosqich talabalari G’oziyev N., Muhamedov I., Qodirova D. 2017-2018 o’quv yilida Qozon federal universiteti va Uzoq Sharq federal universiteti tomonidan o’tkazilgan fan olimpiadasi g’oliblari bo’ldilar. Fan olimpiadasining respublika bosqichida quyidagi o’quvchilar 2010 – (Ziyovuddinov M. 1-o‘rin),  2012 – (Abdukarimov Sh. 1-o‘rin), 2013 – (Abrorxonov.A., 1-o‘rin), 2014 – (Shamirzayeva D., 2-o‘rin), 2015 – (Ikromova L., 1-o‘rin)  yillarda  g‘oliblikni qo‘lga kiritib,  TTAga imtiyozli ravishda talabalar safiga qabul qilinganlar; 2013 – yilda 3-bosqich talabasi   K.Toshpo‘latova  biologiya fanidan Xalqaro  olimpiadada  ishtirok  etgan.  2019 – 2021 – yillarda D.Babaxanova rahbarligida tayyorlangan 50 dan ortiq o’quvchilar Rossiya federatsiyasida o’tkazilgan biologiya fanidan online  fan olimpiadasi g’olibi bo’ldilar.  2012 – yilda   “O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. D.Sh.Babaxanova 2017 – 2021 – yillarda O‘zbekiston  Oliy va o‘rta maxsus  kasb-hunar ta’limi  yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan tasdiqlangan akademik litseylar uchun biologiya fanidan Namunaviy   o‘quv dasturlarining hammuallifi hisoblanadi. 2017 – yildan buyon biologiya  kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.

2018 – yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan. 2019 – 2021 – yillarda D.Babaxanova Rossiya federatsiyasida  biologiya fanidan  o’qituvchilar uchun o’tkazilgan online  fan olimpiadalarining g’olibi bo’lgan. Babaxanova D. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 – yil 23 – noyabrdagi «500» -sonli buyrug’iga asosan  Tabiiy fanlar yo’nalishidagi akademik litseylar uchun yaratilgan «Biologiya» darsligining hammuallifi hisoblanadi.

2021 – yilda Dilbar Babaxanova Shamirzayevna  Qozog‘iston Respublikasining Nur-sulton shahrida o‘tkazilgan «MDH ning Eng yaxshi pedagogi – 2021» xalqaro tanlovi” da g’oliblikni qo’lga kiritdilar.

Bundan tashqari ustoz ko’pgina «o’qituvchilar o’rtasida o’tkaziladigan fan olimpada» larida yuqori o’rinlarni egallagan.

Dilbar Shamirzayevna yetishtirib berayotgan shogirdlari nafaqat O’zbekiston Respublikasida balki jahon miqyosida ham salmoqli natijalarga erishib kelmoqdalar.

2019 – 2020 – o’quv yilida Komilov Jasurbek Dilshodovich Qozog‘iston Respublikasi Nur-sulton  shahrida o‘tkazilgan «MDH ning Eng Yosh olimi- 2020» xalqaro tanlovi g’olibi bo’ldi.

2020 – 2021 -o’quv yilida Gaibnazarov Sardorxon Sunnatillayevich Qozog‘iston Respublikasi Nur-sulton  shahrida o‘tkazilgan «MDH ning Eng Yosh olimi- 2020» xalqaro tanlovi g’olibi bo’ldi.

2021 – 2022 -o’quv yilida Hasanova Parvina Bobur qizi Qozog‘iston Respublikasi Nur-sulton  shahrida o‘tkazilgan «MDH ning Eng Yosh olimi- 2021» xalqaro tanlovi g’olibi bo’ldi.

Akademik litseyimizda shunday pedagog hodim bilan birga ishlash biz uchun katta sharaf!

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan